Ўзбекистондаги обидалар

Surxondaryo. Sulton Saodat majmuasi

XI asr. Sulton Saodat sayyidlar sulolasining maqbarasidir. Bu me’moriy majmua oilaviy maqbaralar va marosim xonalaridan iborat bo’lib, asrlar davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir. Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. U shu atrofdagi yerlarning egasi, Payg’ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi. Sulton Saodat mo’g’ullar istilosi paytida vayron qilingan edi. Termizning sharqiy tomoniga joylashgan bu ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb yetti asr (X – XVII) davomida shakllangan bu me’moriy majmua jami yigirmaga yaqin qabrni o’z ichiga oladi.

Samarqand. Imom ad-Doramiy maqbarasi

Maqbara 2000 yil bino qilingan. Hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyning ustozlaridan biri Imom Abdurahmon ad-Doramiy as-Samarqandiy hijriy 181 (mil. 798) yili Samarqandning qadimiy Doram mavze’ida tavallud topgan. Yoshligidanoq Islom fiqhshunosligi va hadisshunosligi bilan mashg’ul bo’lgan. Makka, Madina, Misr, Shom, Bag’dod, Xuroson kabi yurtlarda turli olimlardan saboq olgan. Imom ad-Doramiy ko’plab asarlar yozgan. Uni dunyoga mashhur etgan asari esa «Musnad» (Sunan) nomli hadislar to’plamidir. Mazkur kitobni «Musnadi Doramiy» yoki «Doramiy sunnatlari», deb ham atashadi. Imom ad-Doramiy hijriy 255 (mil. 869) yilda vafot etgan. Mustaqillik yillari qabri atrofi obod etilib, ziyoratgohga aylantirildi.

75  та  обида  хақида  маълумот  берилган

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: