7-sinf fizika bir yillik dars ishlanmalari

7-sinf Fizika
Sana: “A”«___» _________ 201__ y. “B”«___» _________ 201__ y. “V”«___» _________ 201__ y.
Darsning mavzusi: Nyutonning uchinchi qonuni
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga Nyutonning uchinchi qonuni tushuntirib berish.
 Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
 Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:
Umumiy kompetensiyalar:
– Kommunikativ kompetensiya
– Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
– Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
– Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Umummadaniy kompetensiya
II.Dars turi: Ma’ruza
III.Dars jixozi: Mexanika – 1 jamlanmasi Rasmli plakatlar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№ Dars bosqichlari Vaqt
1 Tashkiliy qism 3
2 O’tilgan mavzuni so’rash 10
3 Yangi mavzuni tushuntirish 15
4 Darsni mustaxkamlash 10
5 O’quvchilarni baxolash 5
6 Uyga vazifa. 2
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Tabiatda hech qachon bir jismning ikkinchi jismga ta’siri bir tomonlama bo’lmaydi. Bir jism ikkinchi jismga ta’sir etsa, ikkinchi jism ham birinchi jismga ta’sir ko’rsatadi.
O’tkazilgan tajribani yana bir bor tahlil qilib ko’raylik. 49-rasmda tasvirlangan aravachalarning massalari o’zaro teng, ya’ni m, = m2. Birinchi aravachadagi elastik plastinkani egib turgan ip kuydirib yuborilsa, ikkala aravacha ikki tomonga bir xil tezlanish (o, = a2) bilan harakat qila boshlagan. Bu demakki, ikkala aravachaga bir xil kattalikda, lekin qarama-qarshi yo’nalgan T7, va F2 kuchlar ta’sir etadi.
Nyutonning ikkinchi qonuni formulasidan foydalanib, F, = F2 ekanligini asoslab bering.
O’zaro ta’sir etuvchi jismlarning massalari turlicha bo’lganda ham bu kuchlar miqdor jihatdan bir-biriga teng bo’ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun 50-rasmda tasvirlangan tajribani yana bir bor ko’rib chiqaylik. Unda ikkinchi aravacha ustiga yuk qo’yish bilan uning massasi oshirilgan va m2 > mx qilib ohngan. Birinchi aravachadagi ip kuydirib yuborilganda ikkala aravacha ikki tomonga harakatlana boshlagan. Lekin bu gal birinchi aravachaning tezlanishi ikkinchi aravachaning tezlanishidan katta, ya’ni o, > a2bo’lgan. Ikkinchi aravachaning massasi birinchisinikidan qancha marta katta bo’lsa, uning tezlanishi birinchi aravachanikidan shuncha marta kichik bo’ladi. Lekin har bir aravacha massasining olgan tezlanishiga ko’paytmasi o’zaro teng bo’laveradi, ya’ni m1a] = m2a2. Bu demakki, massalari turlicha bo’lishidan qat’iy nazar, aravachalarning bir-biriga ta’sir kuchlari kattalik jihatdan bir xil bo’laverar ekan, ya’ni:
F1 =- F2
Nyutonning uchinchi qonuni formula! va ta’rifi
Yuqoridagi tajnhalarda aravachalarga ta’sir etayotgan kuchlar o’zaro teng bo’lsa- da, lekin ular bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan. Shuning uchun aravachalarga ta’sir etayotgan kuchlarning vektor ko’rinishidagi munosabati quyidagicha ifodalanadi:
F1 =- F2
bunda minus ishora kuch F1 kuchga qarama-qarshi yo’nalganligini bildiradi.
Bu formula Nyutonning uchinchi qonunini lt’odalaydi va u quyidagicha ta’riflanadi:
О zaro ta’sii lashuvchi ikki jism bir-biriga miqdoi jihatdan teng va to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonlarga yo’nalgan kuchlar bilan ta’sir qiladi.
O’zaro ta’sirlashuvchi Fx va F2 kucnlardan Fl ta’sir kuchi, F2 esa aks ta’sir kuchi deb, Nyutonning uchinchi qonuni esa aks ta’sir qonuni deb ham yuritiladi.
Aks ta’sir qonunining namoyon bo’lishini har qadamda uchratishimiz mumkin. Rolik ustida arqon bilan bir-birim tortayotgan ikki boladan bin ikkinchisini qanday kuch bilan tortsa, o’zi ham ikkinchi bolaga shuncha aks ta’sir kuchi bilan tortiladi (52-rasm).
Stol ustida turgan kitob stolga qanday kuch bilan ta’sir etib turgan bo’lsa, stol ham kitobga shunday kuch bilan aks ta’sir etib turadi.
Uchlari tayanchga qo’yilgan taxta ustida turgan bola taxtaga o’z og’irlik kuchi bilan ta’sir etib, uni egadi. O’z navbatida taxta bolaga ham xuddi shunday kattalikdagi kuch bilan ta’sir etadi. Bolaning og’irlik kuchi pastga yo’nalgan bo’lsa, taxtaning bolaga aks ta’sir kuchi yuqoriga yo’nalgandir.
Musht bilan stol ustiga qanday kuch bilan ursangiz. stol ham mushtingizga shun¬day kuch bilan aks ta’sir qiladi. Devorni 300 N kuch bilan itarsangiz, devor ham Sizga 300 N kuch bilan aks ta’sir etadi.
Eshikni itarib ochgandagi, aravani itarib yoki tortib yurgizgandagi ta’sir va aks ta’sir kuchlar haqida mulohaza yuriting va javobingizni ayting.

Nyutonning uchinchi qonunidan kslib chiqadigan xulosalar
Nyutonning uchinchi qonunidagi F1,va F2 kuchlarning o’rniga m]al va m:a: itodalarni qo’yib, quyidagi formulani olamiz:
Jismlarning o’zaro ta’siri vaqtida olgan tezlanishlari jismlarning massalariga teskari proporsional bo’lib, ular o’zaro qarama-qarshi yo’nalgan.
Bunga massalari turlicha bo’lgan aravachalar bilan o’tkazilgin tajribani n..sol qilib keltirish mumkin (50-rasm).
O’zaro ta’sirda jismlarning olgan tezlanishlari a = vjt\a a2 = v2/t ekanligini hi¬sobga olsak, tezliklarning jism massalariga bog’liqlik ifodasi kelib chiqadi:
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
 Nyutonning uchinchi qonuni qanday ta’riflanadi?
 Nyutonning uchinchi qonuni nima sababdan aks ta’sir qonuni deb ham ataladi?
 Nyutonning uchinchi qonuni formulasi qanday ifodalanadi?
5.Uyga vazifa: 78-betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:____________________________________
A’lo darajada yozilgan

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: