5 -SINF Vatan tuyg’usi bir yillik dars ishlanmalari

Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __5 ABV __
Mavzu: Oila –Vatan timsoli
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Odamning ilk his-tuyg’ulari dastlab qayerda uyg’onishini,Onangiz qanday alia aytganini eslashini,Ona to’g’risidagi taassurotlar bilan vatan to’g’risidagi taassurotlarda qanday o’xshashlik borligi,Abdulla Oripovning «Ona degan nom» she’rini qanday tushunganligini,Oilada otaning o’rni qanday ekanligini, «Ota rozi – Xudo rozi» degan hikmatli iboraning ma’nosini qanday tushunishini,Ota kasbini egallash yigit kishi uchun shartligini, Qanday tarixiy sulolalarni bilishi,Tarbiya haqida ,Nima uchun oilani jamiyat negizi deyishimiz,«El-yurt tayanchi» haykali qaysi shaharda ekanligini tushuntirish.
1Ta`limiy: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
2Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
3 Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va unga javob berish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalari (televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, komputer) dan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirib borish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanni sevish, insonlarga mehribon bo‘lish; orasta kiyinish va sog‘lom turmush tarziga (zararli odatlar, sport, tibbiy gigiena) amal qilish;
DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar
Bilim: O’quvchilar «vatan» deganda nimani tushunishini, Butun Yer yuzi – vatan, degan fikrga munosabatingiz q anday?Ona Vatanimiz bilan bog’liq holda shakllangan qanday qadriyatlarni bilishini,Insonning vatani uning tashqi ko’rinishi va fe’1-atvoriga ta’sir etadimi?Vatanparvar ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?Xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millat vakillarigako’rsatgan insonparvarlik fazilatlari haqida bilishi
Ko’nikma: O’quvchilar Vatan , mahalla , shahar , Vatanni anglashi haqida tushuncha hosil qilish
Malaka: O’quvchilar darslik matni bo’yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 5 sinf “Vatan tuyg’usi ” darsligi
2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1. Vatan tushunchasi
2. Vatanni anglash
3. Vatan tuyg’usi
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II .O’tilgan mavzuni takrorlash
1. Biz milliy davlatchiligimiz tarixini bilishda qanday manbalarga tayanamiz?
2Yurtimiz hududida qadimda qanday davlatlar bo’lgan?
3O’tgan asrlarda milliy davlatchiligimiz asoslari nima uchun susaydl?
4Bugungi mustaqil O’zbekiston qanday davlat?
5Huquqiy demokratik davlatning asosiy xususiyatlari haqida nima
larni bilasiz?
6Demokratiya deganda nimani tushunasiz?
7Fuqarolik jamiyati deganda nimani tushunasiz?
8 O’zbekiston Prezidenti, Yurtboshimiz Islom Karimovning mustaqil
O’zbekiston davlatini barpo etish va rivojlantirish borasidagi buyuk
xizmatlari haqida gapirib bering.
9.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon va kimning tashabbusi
bilan qabul qilindi?
10Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi-chi?
11Mamlakatimizda necha yillik umumiy majburiy ta’lim joriy ctilgau?

III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o’quvchi, agar bizdan «Qani, Vatanning rasmini chizib bering», desalar, awalo nimaning tasvirini qog’ozga tushirgan bo’lar edingiz? Bunday vazifani bajarish uchun dastawal o’zimiz bilgan
narsalarning barchasini bir-bir ko’z o’ngimizdan o’tkazamiz. Lekin ular ichida biz uchun eng aziz manzara o’zimiz tug’ilib-o’sgan uy,qadrdon xonadonimiz bo’lib ko’rinadi. Chunki insondagi Vatan
tuyg’usi oiladan, ona bag’ridan boshlanadi.Esingizdami, awalgi darsimizda insonning tuyg’ulari aniq bir makonda shakllanishi haqida gapirgan edik. Insonni voyaga yetkazadigan, unga eng go’zal tuyg’ularni singdiradigan, undagi barcha zararbilim va ko’nikmalami shakllantiradigan ana shunday makonlardan
bill oiladir.Bularni bilib oling. Oila arabcha so’z bo’lib, nikoh va qarindoshlik asosida birgalikda yashashni bildiradi.Nikoh oilaning huquqiy asosidir.Qarindoshlik — nasl-asab,qonardoshlikjihatidano’zaroyaqinlikni bildiradigan mezon.Prezident Islom Karimov oilaga shunday ta’rif bergan:«Bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila borekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand borekan, odamzot hamisba ezgu orzu va intilishlar bilan yashay-
di»1.Rivoyat qilishlaricha, yer yuzidagi birinchi oila Odam Ato vaMomo Havo tomonidan barpo etilgan ekan. Dunyodagi odamlar,xalqlar va millatlar mana shu oiladan tarqalibdi. Shuning uchun
insoniyatni bir ota-ona farzandlari deymiz, ularni do’st va birodarbo’lib yashashga chaqiramiz.

Rivoyat
Imom Buxoriyning onasi
Rivoyat qilishlaricha, Ismoil o’g’li Muhammad Buxoriy ko’zi go’daklik paytida bir baxtsiz tasodif tufayli ojiz bo’lib qolgan ekan. Onasi bolamning ko’ziga shifo ber, deya kechasiyu kunduzi Ollohga iltijo etib duo qilar ekan. Kunlardanbirida onaning tushiga payg’ambarirniz Ibrohim alayhissalomkirib chiqibdi va unga: «Qilgan duolaring qabul bo’ldi,o’g’ling endi shifo topadi» debdi. Shundan so’ng yosh Muhammadning ko’zi ochilibdi. U o’z hayotini payg’ambarirnizMuhammad alayhissalom hadislarini to’plashga bag’ishlashga qaror qilibdi va buyuk hadisshunos bo’lib yetishibdi.«
ONA DEGAN NOM
Deydilar, qahrli bahodirlar ham
Janglarda jon berar chog’i mardona,
Behad azoblarga chidab, so’nggi dam,
Bitta so’z demishlar shivirlab: Ona.
Ulug’ bir donishmand olamni sharhlab,
Axiyri tanibdi tuqqan elini.
Zabon baxsh etganga ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari Vatan sha’niga
Sifat axtarmishlar qator va qator,
Nihoyat, kelmishlar bitta ma’niga:
Ona Vatan deya bitmishlar ash’or.
Bisyor bo’lsa agar bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yorug’ olamda vatan bittadir,
Bittadir dunyoda ona degan nom
Oilaning yana bir ustuni otadir. Ota — oila boshlig’i, xonadonniboshqarib turadigan, uyda, ro’zg’orda adolat timsoli bo’lib, bar-chaga ibrat va namuna ko’rsatadigan zotdir. Qadimda biror-bir farzand yaxshi yoki yomon xulqi bilan jamoatchilik e’tiborini tortsa,darhol undan «otang kim, kimning bolasisan?» deb so’raganlar.Chunki otaning kimligiga qarab, farzandning fazilatlarini aniqlash
mumkin bo’lgan.
IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
1. Odamning ilk his-tuyg’ulari dastlab qayerda uyg’onadi?
2Onangiz qanday alia aytganini eslaysizmi?
3Ona to’g’risidagi taassurotlar bilan vatan to’g’risidagi taassurot-
larda qanday o’xshashlik bor?
4Abdulla Oripovning «Ona degan nom» she’rini qanday tushun- .
dingiz?
5Oilada otaning o’rni qanday?
6«Ota rozi – Xudo rozi» degan hikmatli iboraning ma’nosini qanday
tushunasiz?
7Ota kasbini egallash yigit kishi uchun shartmi?
8Qanday tarixiy sulolalarni bilasiz?
Tarbiya haqida gapirib bering
9Nima uchun oilani jamiyat negizi deymiz?
10«El-yurt tayanchi» haykali qaysi shaharda?
11Mamlakatimizda qaysi yili «Oila уШ» deb e’lon qilindi?

V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: