6-sinf fizika bir yillik dars ishlanmalari

6-sinf Fizika
Sana: “A”«___» _________ 201__ y. “B”«___» _________ 201__ y. “V”«___» _________
Darsning mavzusi: Jisimlarning mexanik xarakati, traektoriya, jisimlarning bosib o’tgan yo’li va unga ketgan vaqt. Bosib o’tilgan yo’l va vaqt birliklari.
Darsning maqsadi :
 Talimiy maqsad: O’quvchilarga harakatning nisbiy ekanligini tushuntirish, traektoriya , bosib o’tilgan yo’ va vaqt haqida tushuncha berish.
 Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
 Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Rasmli plakatlar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№ Dars bosqichlari Vaqt
1 Tashkiliy qism 3
2 O’tilgan mavzuni so’rash 10
3 Yangi mavzuni tushuntirish 15
4 Darsni mustaxkamlash 10
5 O’quvchilarni baxolash 5
6 Uyga vazifa. 2
Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:
Umumiy kompetensiyalar:
– Kommunikativ kompetensiya
– Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
– Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
– Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Umummadaniy kompetensiya
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Mexanik harakatda jismning vaziyati vaqt o’tishi bilan o’zgarishini bilib oldingiz. Bu o’zgarishni xarakterlash uchun bosib o’tilgan yo’l va vaqt tushunchalari kiritiladi.
Bosib o’tilgan уо’l deb jismning harakat trayektoriyasining uzunligiga aytiladi.
Yo’lni o’lchash uchun uzunlik birligi metrdan foydalaniladi. Yo’lni inglizcha Space – masofa, length – uzunlik so’zlarining bosh harfi S yoki / harflari bilan belgilanadi .
Jism harakati ma’lum bir vaqt mobaynida bo’ladi. Vaqt tushunchasi juda murakkab bo’lganligidan unga oddiy ta’rif berib bo’lmaydi. Shunga ko’ra o’zimiz o’rganib qolgan tushunchamiz bo’yicha sshlatamiz.
Masalan, avtobus Guliston shahridan Toshkentga 2 soatda yetib keldi. Vaqtni inglizcha time so’zining bosh harfi t bilan belgilaymiz. Demak, t=2 soat.
Bosib o’tilgan yo’l metrdan tashqari ko’p yoki kamligiga qarab, qulaylik uchun km, dsm, sm va mm larda ham o’lchanadi.
Masalan, Yerdan Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa 150000000 km, Yerdan Oygacha bo’lgan o’rtacha masofa 384000 km, Yer radiusi – 6400 km, Urganchdan Nukus shahrigacha yo’l uzunligi – 170 km, maktab yugurish yo’lkasining uzunligi 100 m, shilliq qurtning o’tgan masofasi 15 sm va h.k.
1 km= 1000 m; 1m=10 dm; 1dm=10sm; 1sm=10 mm.
Harakatlanish vaqti sekundlarda o’lchanadi. Zaruratga qarab vaqtni ham millisekund, minut, soat, sutka va h.k. da belgilash mumkin. lsutka=24 soat; 1 soat = 60 minut; 1 min=60 sekund.
Jismlarning harakatlanish vaqti va bosib o’tgan yo’llarini solishtirish uchun ularni bir xil o’lchov birligiga keltirish zarur!
5.Uyga vazifa: 11-12-mavzuni o’qib kelish

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:__________________________________________
A’lo darajada

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: