6- SINF Vatan tuyg’usi bir yillik dars ishlanmalari

Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __6 ABV __
Mavzu: Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
Darsning maqsadi: O`quvchilarga Yurtimizdagi qanday boyliklarni bilishini, Ularning orasida eng buyuk boylik qaysi ekanligini, Qadimgi Yunoniston haqida gapirganda awalo qaysi ma`nl.nli
sonlarni esga olishimiz, Yurtimizning obro`-e`tiborini dunyoga yoygan qanday buyuK insonlardan kimlarni bilishini, Ushbu rasmlarda ana shu ajdodlarimizdan qaysilarining ziyoratgohlari aks etganligini ,Qaysi davrni tariximizning eng qora sahifasi deymiz va nima uchun ekanligini, Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi yodgorlik majmuasiniug nomini tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta`limiy ravishda yoritib berish: O`quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne`mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug` maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo`shliq bo`lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog`lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O`z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to`g`ri yo`l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g`oyalarning hayotbaxsh kuchini to`g`ri anglab, vayronkor g`oyalarga vaqtida zarba berishga o`rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko`rsatish bilan o`quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o`rgatish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o`quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo`lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiyasi:
jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni o‘zlashtirish hamda muloqotda foydalana olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (televizor, radio telefon, kompyuter)dan foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etsa va ishtirok etish;
Umummadaniy kompetensiyasi:
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg`usi fani haqida ma`lumot berish.O`quvchilar dars davomida o`rganishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, va malakalar
Bilim: O`quvchilar Yurtimizdagi qanday boyliklarni bilishini, Ularning orasida eng buyuk boylik qaysi ekanligini, Qadimgi Yunoniston haqida gapirganda awalo qaysi ma`nl.nli
sonlarni esga olishimiz, Yurtimizning obro`-e`tiborini dunyoga yoygan qanday buyuK insonlardan kimlarni bilishini, Ushbu rasmlarda ana shu ajdodlarimizdan qaysilarining ziyoratgohlari aks etganligini ,Qaysi davrni tariximizning eng qora sahifasi deymiz va nima uchun ekanligini ,Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi yodgorlik majmuasiniug nomini bilishi
Ko`nikma: O`quvchilar Vatan , mahalla , shahar haqida tushuncha hosil qilish
Malaka: O`quvchilar darslik matni bo`yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 6 sinf “Vatan tuyg`usi ” darsligi
2.Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo`r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1. Eng ulug` maqsad
2. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
3. O`zbekiston vatanim manim
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O`tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O`quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II .O`tilgan mavzuni takrorlash
Mamlakatimizning bosh maydoni nima uchun aynan Mustaqilli k maydoni deb ataladi?
Mustaqillik maydoni qayerda joylashgan?
Mustaqillik maydonida yoki uning yaqin atrofida qanday markaziy idoralar joylashgan?
Ezgulik arkasiga qanday boriladi?
Ezgulik arkasining umumiy ko`rinishi haqida gapirib bering.
Mustaqillik va ezgulik monumentiga qanday boriladi?
Mustaqillik va ezgulik monumenti haqida gapirib bering.
Oq rang qanday ma`noni anglatadi?
Mustaqillik maydonida barpo etilgan monument va majmualarning tashabbuskori va muallifi kim?
Ushbu rasmlar orasidan Ezgulik arkasi hamda Mustaqillik va ezgulik monumentini ko`rsating.

III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o`quvchi, o`tgan darslarimizdan sizga yaxshi ma`lumki, оnа yurtimizni ulug` va mo`tabar etganyer osti, yer ustiboyliklari, qadriyat hamda an`analar benihoya ko`p. Lekin ularning barchasidan qadrliroq
yana bir buyuk boylik borki, u diyorimizda yashayotgan, o`z mehnati,bilim va tajribasi, iste`dodi va mahorati bilan tuprog`imizni oltinga aylantirib , shahar-qishloqlarimizni obod etayotgan, Vatanimiz shuh-
ratini dunyoga taratib kelayotgan insonlardir.
Buni yodda tuting. Yer yuzidagi har qaysi xalq yoki davlatni HECH bir kuch uning mard va botir, noyob iste`dodli, yuksak Гnzilutli farzandlari kabi keng tanitib, sha`n-u shavkatga burkay
olmuydi.
Tarix fanidan yaxshi bilasiz, jahondagi qudratli davlatlarning harbiy qo`shini , armiyasi butun-butun o`lkalarni zabt etishi, o`ziga qaram etishi mumkin, ammo ular hech qachon xalqlarning qalbini egallab,
ruhini sindira olmaydi. Shuning uchun ham qadimiy Yunoniston haqida gap ketganda , ma`rifatli insonlar awalo bu ko`hna diyorning Suqrot, Aflotun , Arastu kabi donishmand faylasuflarini, Gomer, Esxil, Sofokl
singari shoir va dramaturglarini esga oladi. Chunki bu zotlar o`z asarlari I bilan insoniyatning ma`rif`iy yuksalishiga , dunyoda ezgulikning barqaror bo`lishiga beminnat xizmat qilgan. Bizning yurtimiz zaminidan yetishib chiqib, Vatanga muhabbat tuyg`usini hayotiy e`tiqod darajasiga ko`targan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Ahmad Farg`oniy,Mahmud Zamahshariy, Burhonuddin Marg`inoniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiridin Muhammad Bobur kabi ko`pJab ajdodlarimiz o`zlarining yorqin islc`dodi, nodir asarJari bilan asrlar davomida olam ahlini hayratga solib, millionlab insonlarning qalbini ezgulik, ilm-ma`rifat nuri bilan nurafshon etgan. Aynan shunday ulug` zotlarning ma`naviy dahosini tufayli ona diyorimizning obro`-e`tibori, tarixning har qanday og`ir mashaqqatli sinovlariga qaramasdan, zamonlar osha zavol bilma.sd kelmoqda.Inson zotini OUohning o`zi aziz va mukarram qilib yaratgan. Har bir inson — buyuk bir mo`jiza. Shu bois dunyodagi har bir xalq millatni ham Yaratganning buyuk mo`jizasi sifatida ulug`lab, hurmat qilamiz. Lekin, afsuski, tarixning hamma davrlarida ham inson munofqadr-qimmat topmaydi. Ayniqsa, mamlakat bosqinchilar zulmi ostlyoki jaholat domiga tushib qolgan vaziyatda, 5-sinfdagi darslarimizjaytilganidek, Vatan tuyg`usi qayg`uga aylanadi, insonlar e`zozlanil o`rniga tazyiq va ta`qiblarga, ba`zan hatto ommaviy qirg`inlarga dochor etiladi.
Bizning ona diyorimiz ham necha bor yovuz bosqinchilar hujumifl boshidan kechirgan. Masalan, miloddan oldingi asrlarda Kir va DOT singari Eron shohlari, yunon qo`shini, XII asrda esa mo`g`ul bod
qinchilari yurtimizni istilo qilib, xalqimizni qullikka mahkum etishgl harakat qildi. Lekin xalqimiz o`z ozodligi, insoniy qadr-qimmati ucliun tinimsiz kurash ohb borib, mo`tabar tuprog`ini yov qo`shinlaridan xaloi etishga erishib keldi.

IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
Yurtimizdagi qanday boyliklarni bilasiz?
Ularning orasida eng buyuk boylik qaysi?
Qadimgi Yunoniston haqida gapirganda awalo qaysi ma`nl.nli
sonlarni esga olamiz?
Yurtimizning obro`-e`tiborini dunyoga yoygan qanday buyuK insonlardan kimlarni bilasiz?
Ushbu rasmlarda ana shu ajdodlarimizdan qaysilarining ziyoratgohlari aks etgan?
Qaysi davrni tariximizning eng qora sahifasi deymiz va nima uchun?
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi yodgorlik majmuasiniug nomini ayting.

V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: