7-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari bir yillik dars ishlanmalari

Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __7 ABV__
Mavzu: G’oyaning asosiy xususiyatlari va turlari
Darsning maqsadi: O’quvchilarga G’oyaning asosiy xususiyatlarini , G’oyaning har bir xususiyatiga bitta misol ayta olISHI, Daraxtning gurkirab o’sishi bilan g’oyaning rivojlanishi o’rtasida qanday o’xshashlik borligi,Ezgu g’oyalar nima uchun o’lmaydi?degan savollarga , Asl va soxta g’oyalarni qanday farqlash mumkin?Degan savollarni tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni o‘zlashtirish hamda muloqotda foydalana olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (televizor, radio, gazeta-jurnal, telefon, kompyuter va boshq.) foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib, jismoniy, ma’naviy, kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
DTS talablari: Bolalarga MIG` va MA fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 7 sinf “MIG` va MA” darsligi
2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1. Insoniyat uchun bunyodkorlik ramziga aylangan qanday me’moriy mo‘jizalarni bilishini
2. Huquqiy demokratik davlatning kuchayib borishi uchun biz nima qilishimiz kerakligini
3. Moddiy va ma’naviy bunyodkorlik salohiyatini
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash
Odamda fikr qanday paydo bo’ladi?
Fikrlar necha xil bo’ladi?
Shaxsiy va ijtimoiy fikrning farqi nimada?
Sen o’z fikringni do’stlaringga, ustozlaringga tushuntira olasanmi?
G’oya qanday fikrdan paydo bo’ladi?
Sen qaysi buyuk mutafakkirlarning fikrlarini o’qigansan? Ularda shaxsiy fikrlar ko’pmi, ijtimoiy fikriarmi?
III. Yangi mavzuning bayoni.
Aziz vatandosh!
Sen yaxshi bilasan, hayot juda serqirra va xilma-xil. Undagi har bir voqea-hodisa ma’no-mazmuni va mohiyatiga ega. Shu bilan birga, hayot g’oyat tez o’zgaruvchan. Ayniqsa, hozirgi shiddatli davrda kecha yangilik bo’lib ko’ringan narsa bugun eskirib qolishi hech gap emas. Hayot qanchalik xilma-xil va o’zgaruvchan bo’lsa, insonlarning qarashlari, o’y va fikrlari ham shunchalik xilma-xil. Jumladan, odamlarning maqsadi. orzu-intilishlarini aks ettiradigan g’oyalar ham xilma-xil. Shuning uchun g’oyalarning xususiyatlari va turlari haqida ko’p gapii ish mumkin. Lekin biz ularning eng asosiylariga to’xtalib o’tamiz.| Bularni bilib ol. Goyalar o’ziga xos tizim hosil qilish, uyush- • tirish, safarbar etish, ya’ni olg’a boshlash, harakat manbayi bo’- lish kabi xususiyatlarga ega.Sen g’oya o’sib, takomillashib boradigan fikr ekanini yaxshi bilasan. Takomillashib boradigan har qanday narsa ma’lum bir tizimga ega bo’ladi. G’oya ham shunday xususiyatga ega. U o’zining ma’no-mazmuniga yaqin bo’lgan fikrlar, tushuncha va tasavvurlarri i bir tartib va ketma-ketlikda birlashtirib tizim hosil qiladi. Masalan, ozodlik g’oyasini olaylik. Hurriyat, erkinlik, kurash, mustaqillik, huquq, tenglik va adolat kabi tushuncha hamda tasawurlarni bu g’oya o’z atrofida birlashtiradi. Shuning uchun uni amalga oshirish zaruratga aylanganda, mazkur tizimdagi tushuncha va tasawurlarning barchasi dolzarb bo’lib, odamlarni o’ziga tortadi. Sen ozodlik uchun kurash olib borgan xalqlar tarixi misolida, jumladan, o’z tariximiz misolida ham bunga ishonch hosil qilishing mumkin.Sen daraxtga e’tibor berganmisan? Ayni bahor paytida u yangi novdalar chiqarib, gurkirab o’sadi. Chunki ko’klam paytida uning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. G’oyaning o’sib-rivojlanib borishini ham shunga qiyoslash mumkin. Jamiyat katta o’zganshlar arafasida turganda, xalqning yo’lboshchilari ongida ham odamlar uchun hayotiy zarur g’oyalar tug’iladi. Masalan, mustaqillik arafasida va mustaqillikdan keyin Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan yurti- mizda yangi hayot qurish, islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimiz hamda mintaqamizning xavfsizligini ta’minlash, ichki-tashqi siyosa- timizning boshqa muhim masalalari bo’yicha qanchadan-qancha g’oyalar ilgari surildi. L’larning hammasi milliy g’oyamizga singdirilib, bugungi kunda Konstitutsiyamiz, qonunlarimiz orqali hayotimizda o’z aksini topmoqda.Olis tarixga murojaat qiladigan bo’lsak, sen ertak, she’r va dostonlarda ko’p o’qigan adolat g’oyasini olaylik. Odamlar qadim-qadim zamonlar- dan boshlab zo’ravonlik va zaiflik, boylik va qashshoqlik, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi farq va ziddiyat hayotdagi ko’pgina adolatsizliklarga sabab bo’lishini tushunib yetgan. Shuning uchun ular, qani edi, ana shu qarama-qarshi’ik’ar bo’lmasa, insonlar doimo do’st-inoq bo’lib, adolat asosida yashasa, deb orzu qilgan. Shunda dunyoda behuda urush va janjallar ham, yomonlik ham bo’lmasdi, deb o’ylagan. Shu tariqa adolat g’oyasi vujudga kelgan.Lekin bir payt kelib, bu g’oyani qanday amalga oshirish mumkin, degan masala paydo bo’lgan. Shunda jamiyatning aql-zakovatli va l’g’or kishilari bo’lgan olimlar, shoir va mutafakkirlar, davlat rahbarlari bu masala ustida ko’p bosh qotirgan. Ularning ba’zilari dunyoda adolat bo’lishi uchun adolatli jamiyat qurish kerak, degan g’oyani ilsari surgan. Yana ba zilari, odamlarning o’zida insof-diyonat, mehr-oqibat, vijdon va e’tiqod bo’lishi, har bir odam o’zini o’zi boshqarishi kerak, degan fikrni aytgan. Yana ba’zibri esa, adolat bo’lishi uchun insonlar hayotini to’g’ri yo’lga solib turadigan ta’limot, mafkura kerak, degan. Yana ba’zilari, adolat bo’lishi uchun hamma tomonidan so’zsiz bajariladigan qonun-qoidalar zarur, degan fikrni bildirgan. Bunday munozaralar bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Shuning uchun ham biz tanx haqida gap ketganda, insoniyat tarixi — g’oyalar tarixidir, deymiz. Chunki har bir g’oya insoniyatning maMum bir davrida paydo boiib, vaqt o’tishi bilan zamonga mos ravishda o’z atrofiga boshqa g’oyalarni birlashtirib boyib, yuksalib boraveradi. boshlariga kelib bizning yurtimizda adolatga erishishning asosiy sharti — ma’rifat. odamlarning bilimli va madaniyatli bo’lLhi, degan qarashlar paydo bo’lgan. Bunday g’oyalarni jadid bobolarimiz ilgari surgan. Bizning davrimizda esa, dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, adolatga erishish qonun ustuvorligi, demokratiya tamoyillari orqali amalga oshiriladi, degan g’oya asosiy o’rin tutayotganini sen yaxshi bilsang kerak. Demak, g’oyalar zamon talabiga qarab o’z tuzilishini o’zgartinshi, ularning tizimidagi ba’zi tushuncha va tasawurlar eskirishi, ularning o’rniga yangilari paydo bo’lishi mumkin ekan.G’oyaning uyushtiruvchilik xususiyati uning tizim hosil qilish xususiyati bilan uzviy bog’liq. Aslida tizim hosil qilish, bir-biridan ta’sirchan jozibali tushuncha va fikrlarni o’z atrofida birlashtirishdan maqsad ham awalo odamlarni uyushtirish, yagona kuchga aylaniirishdan iborat. Chunki odamlar o’z qarashlari va tasawurlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Ularning har birini bosh g’oya atrofida uyushtirish uchun ana shunday xilma-xil tushuncha va g’oyalar paydo bo’ladi. Masalan, bitta ozodlik g’oyasining o’zi hammada birdek qiziqish uyg’otmasligi mumkin. Lekin ozod bo’lsak, yerimiz, suvimiz o’zimizniki bo’ladi, degan fikr dehqonlarda, zavod-fabrikalarimiz o’zimizniki bo’ladi, degan g’oya ishchilarda, ongimiz, tafakkurimiz erkin bo’ladi degan qarash esa ziyolilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shu tariqa barcha toifadagi odamlarni uyushtirish imkoni tug’iladi.G’oyaning safarbar etish, ya’ni olg’a boshlash va harakat manbai bo’lish xususiyatiga ham hayotdan ko’plab misollar keltirish mumkin. Sen odamlar orasida «bu yil yaxshi ishlab, topgan daromadimga to’y qilaman yoki mashina olaman», «uy quraman», «yangi do’kon ochaman» degan gaplarni ko’p eshitgansan. Ko’ryapsanmi, aniq maqsad ularni safarbarlikka, harakatga undayapti. G’oya ham shunday. Masalan, turkiy, ya’ni hozirgi o’zbek tili fors va arab tillaridan kam emas, degan g’oya Alisher Navoiyni ona tilimizda besh dostondan iborat «Xamsa» asarini yaratishga undagan.Shuni bilginki, haqiqiy ezgu g’oyalar o’z atrofiga barcha olijanob tuyg’u, tushuncha va tasawurlarni birlashtiradi. Shuning uchun ular odamlarnijipslashtirish qudratigaega.Yaxshig’oyahech qachon o’lmaydi. Chunki ular xalqning umid-ishonchidan, avlodlarning orzu-armonlaridan paydo bo’ladi. Yillar, asrlar o’tsa-da, yangitdan kuchga to’lib, insonlarni kurashga, harakatga undab yashayveradi. Sen tarixdan yaxshi bilasan, ezgulik va yaxshilik g’oyalari eng olis zamonlarda ham odamlarning xayolini band etgan.
IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
G’oyaning asosiy xususiyatlarini sanab ber.
2. G’oyaning har bir xususiyatiga bitta misol ayta olasanmi?
3. Daraxtning gurkirab o’sishi bilan g’oyaning rivojlanishi o’rtasida qanday o’xshashlik bor?
4. Ezgu g’oyalar nima uchun o’lmaydi?
5 Asl va soxta g’oyalarni qanday farqlash mumkin?

V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.Sen ushbu mavzuni o’rganayotgan paytda mamlakatimizda qaysi masalalarga ko’proq e’tibor berilmoqda? Shular haqida gazetadan o’qib, televizordan ko’rib-eshitib, daftaringga yozib qo’ying

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: