7-sinf O’zbekiston tarixi bir yillik dars ishlanmasi

Sana: __________________ Kun: _________________2018-2019- o’quv yili. Fan: Tarix. Sinf:___________________
Mavzu: 32-§. AMIR TEMUR SALTANATINING MA’MURIY VA HARBIY TUZILISHI
Darsning maqsadlari:
a)Ta’limiy– davlatlarning tashkil topishi hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushunitra oladi: xalqlarning madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy-diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyaga ta’siri haqida ma’lumot bera oladio’quvchilarga Amir Temur saltanatining ma’muriy va harbiy tuzilishi to’g’risida ma’lumot berish;
b)Tarbiyaviy- o’quvchilarga yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalqfarovonligi uchun hissa qo’shish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini tushuntirish;
c)Rivojlantiruvchi- o’quvchilarga saltanat boshqaruvi haqida to’liqroq ma’lumot berish va Temur siyosatinining boshqa hukmdorlar boshqaruv siyosati bilan o’xshash va farqli tomonlarini ko’rsatish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Кompetensiyalar kerak bo’lsa qo’yasiz.
Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:
Umumiy kompetensiyalar:
– Kommunikativ kompetensiya
– Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
– Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
– Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Umummadaniy kompetensiya
– Savodxonlik va fan-texnika taraqqiyoti yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
I.Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni aniqlash;
II.O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
III.Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Saltanat boshqaruvi
Sohibqiron Amir Temur o’z zamonasining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo’lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi.
Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo’lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o’zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana uch vazir bo’lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida shayx ulislom, qozikalon, sadri a’zam, dodxoh, yasovul, muhassil, tavochi, muhtasib va boshqa amaldorlar xizmat qilgan.
Dargohda bosh hojib, xazinabon, xonsolar, qo’shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo’lgan.
Suyurg’ol yerlar
Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o’lkalarni o’g’illari, nabiralari va xizmat ko’rsatgan amirlarga suyurg’ol tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o’z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o’limidan biroz avval o’g’il va nabiralari orasida bunday taqsimlaydi: Ozarbayjon, G’arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni Mirzo Umar ibn Mironshohga, Forsni Pirmuhammad ibn Umar Shayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni Shohrux Mirzoga, Sulton Mahmud G’aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga Pirmuhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O’tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha Ulug’bekka, Farg’ona, Tarozdan to Xo’tangacha, ya’ni Sharqiy Turkistonning janubi g’arbini Ibrohim Sultonga berdi.
Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo’shini mavjud edi. Ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o’z qo’shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.
Xonsolar dasturxonchi. Hukmdor huzurida ovqat tortish ishlarini boshqaruvchi shaxs
Qo’shin tuzilishi
Amir Temur davlat mustaqilligi va muhofaza yo’lidagi ichki va tashqi siyosatida asosan qo’shinga suyanar edi. Shuning uchun ham u qo’shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi.
Amir Temur qo’shini o’ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman o’n minglik, hazora minglik, qo’shun yuzlik va ayl o’nlik birikmalariga bo’lingan. Amir Temur o’n minglik askarni boshqarish uchun tuman og’asi, minglik bo’linmalar uchun mirihazora, yuzliklar uchun qo’shunboshi va o’nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta’sis etadi. Ularning haq-huquqlari oylik maoshining darajasiga mos ravishda belgilab beriladi. Janglarda bahodirlik ko’rsatib, g’alaba qozongan amir uchun in’omlar ham belgilab qo’yilgan. Biron qo’shinni yenggan, biror mamlakat yoki viloyatni zabt etgan amir bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan.
Askariy qismlarni viloyatlardan to’plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug’ullanar edi.
Jangga kirish usuli
Harbiy yurish paytida oldinda xabarchilar, ular orasidan yasovul bo’linmasi,undan keyinroqda manglay avangard qism borardi. Manglay bilan qo’shinning asosiy qismlari oralig’ida esa qo’mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo’lib, u «izofa» deb yuritilgan.
Amir Temur qo’shinining asosiy jangovar qismlari markaz, o’ng burong’or va chap juvong’or qanotlaridan iborat bo’lgan. Har bir qanotning oldida bittadan qo’shimcha qo’riqchi manglay avangardi, yon tomonida esa bittadan qo’riqchi askariy qo’shilmalar qanbullar bo’lar edi. Shu tariqa qo’shin yetti qism qo’llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo’shinni yetti qo’lga qismga bo’lib joylashtirish tartibini birinchi bo’lib Amir «Temur tuzuklari»
Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag’ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalari faoliyatining tartibi tutumi va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Amir Temurning «. . . davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim», «Kuch adolatdadur» degan so’zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.
IV.Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1. Temur davlati ijroya hokimiyatida qanaqa vazirlikalar faolityat ko`rsatgan?
2. Temur hukmronligi davrida ulus hukmdorlarining markaziy hokimiyatga tobe`ligi namada edi?
3. Temur qo`shini necha qismdan iborat edi?
4. Temur hukmronligi davrida askariy qismlarni viloyatlardan to`plash bilan kim shug`ullangan?

V.Darsni yakunlash:
A) O’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish: Baholash.B)Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib kelish
Foydalangan adabiyotlar.

1.7-sinf O’zbekiston tarix darsligi. 2017 yil. A. MUHAMMADJONOV
“SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT – 2017
A’lo darajada yozilgan.

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: