8-sinf fizika bir yillik dars ishlanmalari

8-sinf Fizika
Sana:“A”«__»________ 201__ y. “B”«__»_______ 201__ y. “V”«__» _______ 201__ y.
Darsning mavzusi: Tabiatdagi elektr hodisalar
Darsning maqsadi :
 Talimiy maqsad: O’quvchilarga tabiatdagi elektr hodisalar xaqida ma’lumot berish.
 Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
 Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:
Umumiy kompetensiyalar:
– Kommunikativ kompetensiya
– Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
– Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
– Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Umummadaniy kompetensiya
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№ Dars bosqichlari Vaqt
1 Tashkiliy qism 3
2 O’tilgan mavzuni so’rash 10
3 Yangi mavzuni tushuntirish 15
4 Darsni mustaxkamlash 10
5 O’quvchilarni baxolash 5
6 Uyga vazifa. 2
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Odamlar qadimda chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq gumburlashi sabablarini bilolmaganlar.
Chaqmoqning hosil bo’lishini turli ishorali elektr zaryadlarining o’zaro ta’siri asosida tushuntirish mumkin. Bir jism ikkinclii jismga ishqalanganda, elektr zaryadi hosil bo’lishini bilasiz. Shunga o’xshash, bulut qatlamlarining bir-biri bilan ishqalanishi natijasida ularning bir qatlami musbat, ikkinclii qatlami manfiy zaryadlanib qoladi. Zaryadlangan bulut to’plami boshqa bir zaryadlangan bulut to’plamiga yaqinlashganda ular o’z elektr maydonlari orqali ta’sirlashadilar.
Musbat va manfiy zaryadlarning bir-biriga tortilisliini ham bilasiz. Turli ishora bilan zaryadlangan bulutlar kuchli zaryadlanganda va ular bir-biri bilan yaqinlashganda, bir bulutdagi manfiy zaryadlar ikkinclii bulutdagi musbat zaryadlar tomon harakat qiladi. Qarama-qarslii ishorali zaryadlarning to’satdan
qo’shilishi natijasida kuchli elektr uchqun — chaqmoq hosil bo’ladi.
Chaqmoq – bu turli ishora bilan zaryad¬langan bulutlar orasida yoki bulut bilan yer sirti orasida sodir bo’ladigan kuchli elektr uchquni.
Chaqmoqning uzunligi bir necha kilometrga, dia- metri esa bir necha santimetrga teng bo’lib, davo- miyligi sekundning ulushida sodir bo’ladi.
Chaqmoq paytida kuchli gumburlash — moma¬qaldiroq yuzaga keladi.
Momaqaldiroq – bu chaqmoq paytida sodir bo’ladigan havodagi (atmosferadagi) tovush hodisasi bo’lib, u chaqmoq yo’lida havoning qizishi, bosimi ortishi va kengayishi tufayli yuz beradi.
Bunga sabab, 1 s da yorug’lik 300000 km masofani, tovush esa havoda bor-yo’g’i 340 m masofani bosib o’tadi. Masalan, chaqmoq bizdan 1 km uzoqlikda sodir
bo’lsa, uni deyarli shu zahoti ko’ramiz, momaqaldiroq ovozini esa 3 s dan keyin eshitamiz.
Nima uchun ko’p hollarda momaqaldiroq bir necha sekund davomida gumburlab turadi? Buning sababi, chaqmoq sodir bo’layotgan maydonning juda uzunligidadir. Chaqmoqning uzunligi ba’zan bir necha kilometr bo’ladi. Chaqmoqning yaqin va uzoq qismidan momaqaldiroq turli vaqtlarda yetib keladi. Yer, bino va boshqa joylardan qaytgan aksi sado ham momaqaldiroqning yanada uzoq vaqt davomida gumburlab turishiga olib keladi.
Chaqmoq bulutlar orasidagina emas, bulut bilan yer orasida ham yuz berishi mumkin. Bunda bir-biri bilan ishqalangan bulut qatlamlarida hosil bo’lgan zaryadlar yerga o’tadi.
Agar bulutning manfiy zaryadlangan qatlami yer sirtiga yaqin kelib qolsa, shu bulut ostidagi yer sirtida musbat zaryadlar to’planadi. Natijada, zaryadlangan bulut yer sirti bilan hosil bo’lgan elektr maydon orqali ta’sirlashadi. Bulut kuchli zaryadlangan va yerga juda yaqinlashib qolganda bulut va yer sirti orasida kuchli elektr uchqun chiqadi, ya’ni chaqmoq chaqnaydi. Chaqmoq jarayonida bulutdagi zaryadlar yerga o’tadi. Siz «yasliin urdi», «yasliin tushdi» degan so’zlarni ko’p eshitgansiz. Yasliinning o’zi nima? Undan qanday saqlanish mumkin?
Yashin – zaryadlangan bulut bilan yer orasida sodir bo’ladigan chaqmoq paytida bulutdagi zaryadlarning yerga bir zumda o’tish jarayoni.
Yashin juda xavflidir. Zaryadlangan bulutga yerdagi elektr o’tkazuvchi narsalardan qaysi bin yaqin bo’lsa, shunga o’zining zaryadini beradi, ya’ni yasliin uradi. Shuning uchun yer sirtidan baland ko’tarilgan tog’ cho’qqisi, minora, bino, daraxt, elektr ustunlarini birinchi galda yasliin urislii va vayron qilislii mumkin. Chaqmoq paytida tekis yerda ketayotgan mashina yoki odamni ham yasliin urislii mumkin. Bunday paytlarda balandlikda, daraxt tagida turish, pichan g’arami ostiga yasliirinish ham xavflidir.
Odatda, baland minora va binolarni qurishda ularning tepasiga yasliin qaytargich o’rnatiladi .
Yashin qaytargich minora, binolarni, sanoat va qishloq xo’jalik inshootlarini yashin urishdan himoya qiluvchi qurilmadir.
Yashin qaytargich uchli o’tkazgichdan iborat bo’lib, u yo’g’on sim orqali yerga chuqur ko’milgan metall qoziqqa ulanadi. Yerga yaqinlashgan zaryadlangan bulut o’z zaryadini birinchi galda minora yoki bino ustiga o’rnatilgan yasliin qaytargichga beradi. Kuchli elektr zaryadi minora yoki binoga shikast yetkazmay yasliin qaytargich orqali yerga o’tib ketadi.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
 Bulutlar qay tarzda elektr zaryadlanib qoladi?
 Chaqmoq qanday hosil bo’ladi?
 Momaqaldiroq nima?

5.Uyga vazifa: 20-22- betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________________
A’lo darajada yozilgan suratlar bilan

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: