8-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari bir yillik dars ishlanmalari

Sana:
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __8 ABV __
Mavzu: QONUN USTUVORLIGI
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun nimalar talab etilishini,Sobiq sho‘rolar davrida inson huquqlari va erkinliklariga zid qanday adolatsizliklar amalga oshirilgani to‘g‘risida ,Qonun ustuvorligi amal qilishi bilan mamlakatlar taraqqiyoti o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi,Huquqiy madaniyat nima? Huquqning nazariy shakllari deganda nimani tushunishi,Uning amaliy shakllariga nimalar kirishi,Inson huquqiy madaniyatga ega bo‘lmasa, qanday ahvolga tushishi mumkinligini misollar yordamida izohlashi,Mamlakatimiz ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy dunyoqarashi va tafakkurini o‘stirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuncha berish .
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiyasi:
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
DTS talablari: Bolalarga MIG` va MA fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 8 sinf “MIG` va MA” darsligi
2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1. Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun nimalar talab etilishini
2. Sobiq sho‘rolar davrida inson huquqlari va erkinliklariga zid qanday adolatsizliklar amalga oshirilgani to‘g‘risida
3. Qonun ustuvorligi amal qilishi bilan mamlakatlar taraqqiyoti o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi,Huquqiy madaniyat nima?
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash
1. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak» degan so‘zlar qaysi kitobda va kim tomonidan aytilgan?
2. Insonni tushunish odamdan nimalarni talab etadi?
3. Insonning qalbiga qanday yo‘l topish mumkin?
4. Qo‘l telefoni, internet, kompyuter kabi axborot vositalari insonni tushunishga yordam beradimi?
5. Siz qaysi kuy yoki qo‘shiqlarni yaxshi ko‘rasiz?
6. Keyingi paytda qanday qiziqarli badiiy kitob o‘qidingiz?
7. Do‘stlaringiz orasida o‘jar va qaysarlari bormi?Ularning ko‘nglini topish uchun nima qilasiz?
8. O‘zlikni anglash deganda nimani tushunasiz?
9. Har kuni ko‘zguga qaraganda nimalar haqida o‘ylashingiz to‘g‘risida so‘zlab bering.
III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o‘quvchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, yurtimizni yuksak taraqqiyotga erishtirishning besh tamoyili to‘g‘risida eshitgansiz, albatta. Hozirgi kunda butun dunyoda «taraqqiyotning o‘zbek modeli» sifatida keng e’tirof etilayotgan bu tamoyillarni, avvalo, sizga eslatib o‘tamiz. Bular: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi. Davlatning bosh islohotchi ekani. Qonunning ustuvorligi va barchaga barobarligi. Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy muhofaza etish. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. Kelgusi sinflarda bu tamoyillarning mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida alohida fikr yuritamiz. Bugungi darsimiz esa mana shu muhim yo‘nalishlarning biri – mamlakatimizda qonunning ustuvorligi, unga barchaning birday amal qilishi lozimligi, huquqiy madaniyatning nima ekani, qonunga amal qilish qanday ijobiy jihatlarga ega va aksincha, qonunga itoat etmaslik jamiyat hayotiga qanday xavf solishi mumkinligi masalalariga bag‘ishlangan. Insoniyat o‘z o‘tmishida barpo etgan barcha tuzumlar, jamiyatlar tarixi bir narsadan darak beradi. Qaysi tuzum yoxud jamiyatda qonuniylik ustuvor bo‘lgan bo‘lsa, davlat boshliqlari va fuqarolar tomonidan qonunga itoat etish oliy burch darajasiga yetgan bo‘lsa, o‘sha jamiyat va davlat yuksak taraqqiyotga, tinchlik va farovonlikka erishgan. Bunga xalqimiz tarixidan ham ko‘plab misol topish mumkin. Masalan, «Temur tuzuklari» asaridan ma’lum bo‘ladiki, sohibqiron Amir Temur tashkil etgan davlat hududidagi barcha ishlar – ulkan davlatni boshqarishdan tortib, beva-bechoralar holidan xabar olishga qadar qat’iy tartib asosida, o‘z vaqtida va muntazam tarzda tashkil etilgan. Har bir ishning, vazifaning o‘z egasi – ijrochisi bo‘lgan. Ko‘pchilik – oqsoqollar Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalarga eng yirik amaldorlardan tortib oddiy fuqarogacha – barchaning birday amal qilishi, bo‘ysunishi talab etilgan. Natijada, dunyo tarixida ham hududiy, ham iqtisodiy, ham harbiy-siyosiy jihatdan eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan Amir Temur davlati har jihatdan ravnaq topgan, uning qudratiga jahon ahli havas bilan qaragan. Aksincha, qonuniylik oyoq osti qilingan, inson huquq va erkinliklari toptalgan, jamiyat boshqaruvi va xalq taqdiri o‘z holiga tashlab qo‘yilgari davlatlar na ilg‘or taraqqiyotga, na farovonlikka erishgan. Bu borada ham uzoqqa bormay, o‘zimizning o‘tmishimizdan misol keltirish foydalidir. Yurtboshimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida temuriylar hukmronligidan so‘ng – XVII asrdan XX asrning boshlarigacha Turkiston zaminida yuz bergan siyosiy parokandalik, jaholat va qoloqlikning tub sabablari chuqur tahlil etilib: «Uch xonlikka bo‘linib ketgan mintaqa uzoq muddat o‘zaro ziddiyat va qarama-qarshiliklar, urush-janjallar girdobida qolib ketgani nafaqat iqtisodiy, moliyaviy va harbiy salohiyat nuqtai nazaridan, balki ijtimoiy-ma’naviy fikr rivojida ham ko‘p salbiy oqibatlarai keltirib chiqargani» alohida ta’kidlanadi. Xalqning ahilligi va birdamligini saqlash, milliy manfaatlar yo‘lida qat’iyat bilan turish, mas’uliyat va hushyorlik esa qonuniylik asosida vujudga keladi. Afsuski, tariximizning «uch xonlik davri» deb atalmish pallasida bu xonlik va amirliklarni boshqargan.«Yurt hukmdorlari va amaldorlari xalqning taqdiri va kelajagi haqida qayg‘urish o‘rniga, o‘z shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yib, jaholat va g‘aflatga berilib ketishi oqibatida biz bugun yashayotgan mintaqa umumbashariy taraqqiyot jarayonlaridan uzilib, rivojlanishdan keskin orqada qolib ketdi» . Bulardan ko‘rinadiki, qonuniylik har qanday jamiyat taraqqiyotining, farovonligi va xavfsizligining muhim sharti, kafolati hisoblanadi.Jamiyatda qonuniylik amal qilishi uchun bu jamiyatning huquqiy madaniyati yuksak darajada bo‘lishi lozim. Xo‘sh, huquqiy madaniyatning o‘zi nima? Buni yodda tuting: Huquqiy madaniyat – bu insonlaming davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egallab olish darajasi, kishining qonunlarni bilish va ular asosida yashash borasida orttirgan tajribasi, umumiy huquqiy saviyasidir. Huquqiy madaniyat umumiy madaniyatning ajralmas, uzviy bir qismi hisoblanadi. Jamiyatda huquqiy madaniyat qaror topishi quyidagi omillarga chambarchas bog‘liq: Davlat tomonidan xalq manfaatlarini ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. Mamlakatda yuridik – huquqshunoslik fanlarining rivojlangan bo‘lishi. Hammaning qonun va sud oldida tengligi. Huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning qonunlar doirasida o‘z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishi. Huquqiy tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi va hokazo. Mustaqillik yo‘liga kirgan O‘zbekistonimiz taraqqiyoti huquqiy madaniyatsiz, adolatsizlik, qonunni mensimaslik sharoitida kechishi aslo mumkin emas, albatta. Shu tufayli ham istiqlolning dastlabki yillaridan boshlaboq mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, barchaning qonun oldida tengligini amalda joriy etish borasida jiddiy islohotlar hayotga tatbiq etildi. Chunki, Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, odamlar ko‘p narsaga chidashi, sabr qilishi mumkin, biroq adolatsizlikka chiday olmaydi. Shu tufayli, Yurtboshimiz tashabbusi bilan mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq sobiq sho‘rolar davrida yo‘l qo‘yilgan adolatsizliklar, qonunsizliklarrii bartaraf etishga kirishildi. Bu esa xalqimiz ko‘ngliga taskin berish bilan birga, uning adolatga, haqiqat tantanasiga, davlatga hamda kelajakka ishonch-e’tiqodini mustahkamladi. O‘tgan asrning 30–50-yillarida o‘tkazilgan qatag‘on siyosatining barcha qurbonlari pok nomlarining tiklanishi, 80-yillarda «paxta ishi», «o‘zbeklar ishi» degan zo‘rma-zo‘raki tergov-taftishlar tufayli ozodlikdan mahrum etilgan barcha beayb kishilarning oilalari bag‘riga qaytarilgani – mustaqil O‘zbekistonda «inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari – oliy qadriyat» (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasi) hisoblanishining amaldagi isboti bo‘ldi. Prezidentimiz bu boradagi ishlarni izchil yo‘lga qo‘yishga da’vat etar ekan, quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratgandi: «Qonunchilik va huquq-tartibot tantana qilmas ekan, huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir». O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda qonunchilikning mustahkam asoslarini yaratish, inson huquqlari, erkinliklarini himoya qilish, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatida insonparvarlik, ezgulik, adolat g‘oyalarining ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borildi. «Huquqiy madaniyat» tushunchasi “huquqiy ma’rifat” va “huquqiy savodxonlik” kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liq. Bir narsaga e’tibor beringki, huquqiy ma’rifat nafaqat qonunlarning o‘zini, balki ularni hayotga tatbiq qilish bilan bog‘liq qonunosti hujjatlarini bilishni ham talab. etadi. Huquqiy savodxonlik va ma’rifat asosida insonning huquqiy ongi shakllanadi. Huquqiy ongi yuksak odam qonuniylik bilan qonunsizlikning-farqini yaxshi anglaydi, o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan. birga, o‘zgalar huquq hamda erkinliklarini hurmat qilishni ham unutmaydi.

IV darsni mustahkamlash Savol va tppshiriqlar:
1. Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun nimalar talab etiladi?
2. Sobiq sho‘rolar davrida inson huquqlari va erkinliklariga zid qanday adolatsizliklar amalga oshirilgani to‘g‘risida oilangizdagi keksalardan eshitganmisiz?
3. Qonun ustuvorligi amal qilishi bilan mamlakatlar taraqqiyoti o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor, deb o‘ylaysiz?
4. Huquqiy madaniyat nima?
5. Huquqning nazariy shakllari deganda nimani tushunasiz?
6. Uning amaliy shakllariga nimalar kiradi?
7. Inson huquqiy madaniyatga ega bo‘lmasa, qanday ahvolga tushishi mumkinligini misollar yordamida izohlab bering.
8. Mamlakatimiz ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy dunyoqarashi va tafakkurini o‘stirish borasida

V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish
Super dars ishlanma

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: