8-sinf O’zbekiston davlat va huquq asoslari bir yillik dars ishlanmalari

8-sinf. Huquq.
Mavzu: Huquq normalari.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga huquq normalari haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.
№ Dars taqsimoti Daqiqa
1 Darsni tashkil qilish jarayoni 2 daqiqa
2 O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni 10 daqiqa
3 Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni 20 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni 8 daqiqa
5 Darsga yakun yasash, baholash metodlari 3 daqiqa
6 Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Jami: 45 daqiqa
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Huquq qay tariqa paydo bo‘lgan?
2.Obyektiv huquq nima? Misol keltiring.
3.Subyektiv huquq nima? Misol keltiring.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Biz huquq bilan huquqbuzarlikni, qonuniylik bilan qonunbuzarlikni bir-biridan ajratib olishimiz uchun muayyan me’yorlar, usullar, vositalar va hujjatlar zarurdir.Bunday imkoniyatni bizga huquq normalari beradi.Huquq normasi – bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, xalq irodasini ifodalovchi davlat tomonidan o‘rnatilgan, bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun umummajburiy bo‘lgan, ijti¬moiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalardir.
Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi huquq normasi deyiladi.
Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan.
Huquqiy norma tuzilishiga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch tarkibiy qism (element)dan: gipoteza, dispozitsiya, sanksiyalardan tashkil topishi mumkin.
Gipotezada norma harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bayon etiladi.
Dispozitsiyada xulq-atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi.
Sanksiyada huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov chorasibayon etiladi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Huquq normasi tushunchasini ta’riflab bering.
2.Huquq normasi zarurligini asoslab bering.
3.Huquq normasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: