9-sinf fizika bir yillik dars ishlanmalari

9-sinf Fizika
Sana: “A”«___» _________ 201__ y. “B”«___» _________ 201__ y. “V”«___» _________ 201__ y.
Darsning mavzusi: Ho’llash. Kapillyar hodisalar
Darsning maqsadi :
 Talimiy maqsad: O’quvchilarga ho’llash, kapillyar hodisalar xaqida
tushuncha berish.
 Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
 Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:
Umumiy kompetensiyalar:
– Kommunikativ kompetensiya
– Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
– Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
– Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Umummadaniy kompetensiya
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Shisha idish,rangli suv,kapilar nay
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№ Dars bosqichlari Vaqt
1 Tashkiliy qism 3
2 O’tilgan mavzuni so’rash 10
3 Yangi mavzuni tushuntirish 15
4 Darsni mustaxkamlash 10
5 O’quvchilarni baxolash 5
6 Uyga vazifa. 2
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Ho’llash va ho’llamaslik hodisalari
Suyuqlik-qattiq jism chegarasida ho’llash yoki ho’llamaslik hodisasi bo’ladi.

Qattiq jism sirtida suyuqlik sirtining egrilanishiga sabab bo’ladigan hodisa ho’llash yoki ho’llamaslik hodisasi deb ataladi.
Ho’llash yoki ho’llamaslik suyuqlik va qattiq jism molekulalarining o’zaro ta’siriga bog’liqdir.
Suyuqlik va qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchlari suyuqlik molekulalarining o’zaro tortishish kuchlaridan katta bo’lsa, suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llaydi.
Bunda suyuqlik sirtining qattiq jism sirtiga tegib turgan joyi 27- a rasmda tasvirlangan shaklda bo’ladi. Masalan, suv shisha sirtini ho’llaydi. Shishali menzurkaga solingan suv idish devorlarini ho’llaydi (27- b rasm). Agar suv gorizontal oyna sirtiga tomizilsa, u yoyilib ketadi (27- d rasm).
Suyuqlik va qattiq jism molekulalari orasi¬dagi tortishish kuchlari suyuqlik molekula-larining o’zaro tortishish kuchlaridan kichik bo’lsa, suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llamaydi.
Bu holda suyuqlik sirtining qattiq jism sirtiga tegib turgan joyi 28- a rasmda ko’rsatilgan shaklni oladi. Masalan, simob shisha sirtini ho’llamaydi. Shishali menzurkaga solingan simob idish devorlarini ho’lla¬maydi (28- b rasm). Oyna sirtidagi simob tomchisi yoyilib ketmaydi (28- d rasm). Ayni bir suyuqlik bir jism sirtini ho’llasa, bosh- qasini ho’llamasligi mumkin. Masalan, suv shisha sirtini ho’llasa, parafm sirtini ho’llamaydi. Simob esa 28- rasm shisha sirtini ho’llamasa, silliq metall sirtini ho’llaydi.
Sovun eritmasi badanimizni ho’llaydi. Shu tufayli sovun bilan yuvinamiz. G’oz va o’rdaklar suvdan cliiq- qanida patlari quruq bo’ladi. Ularning patlari moyli bo’lgani uchun suv ularni deyarli ho’llamaydi.
Ho’llash hodisasi amaliy ahamiyatga ega. Ho’llash hodisasidan yelimlash, kavsharlash, qalaylash, bo’yash, detallarni moylashda foydalaniladi. Suvda turlicha ho’llanishiga asoslanib, tog’ jinslaridan metall rudasi ajratib olinadi. Tog’ jinsi maydalanib, 0,1—0,01 mm o’lchamli kukun holiga keltiriladi. Uni moy qo’shilgan suvga solib chayqatilganda ko’pik hosil bo’ladi. Moyning yupqa pardasi bilan o’ralgan pufakchalar moy bilan ho’llangan metall donachalariga osongina yopishib, ularni yuqoriga ko’taradi. Keraksiz jinslar esa idish tagiga cho’kadi.
Kapillar hodisalar
Suyuqlik ho’llovchi yoki ho’llamovclii bo’lishidan qat’i nazar, idish devorlari yaqinida suyuqlikning sirti egrilanadi. Idish ichi juda tor bo’lganda suyuqlik sirti chekkalarining egrilanishi butun sirtni egallaydi.
Ingiclika shisha nayni – kapillarni suyuqlik ichiga tushiraylik. Agar suyuqlik ho’llovchi bo’lsa, kapillar ichida uning sirti ko’tariladi. Suyuqlik ho’llamovchi bo’lganda esa kapillardagi suyuqlik sirti keng idishdagi suyuqlik sirtidan pastda bo’ladi.
Suyuqlikning ingichka naychalarda — kapillarda keng idishdagi sathiga nisbatan ko’tarilishi yoki pasayishi kapillar hodisa deb ataladi.
Kapillar radiusi qanchalik kichik bo’lsa, suyuqlik sirti shunchalik ko’proq ko’tariladi yoki pasayadi.
To’liq ho’llashda yoki to’liq ho’llamaslikda kapil¬lardagi suyuqlikning egilgan sirtini yarim sfera deb hisoblash mumkin. Bu yarim sferaning radiusi r kapillarning radiusiga teng bo’ladi.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
2. Ho’llash yoki ho’llamaslik hodisasi deb qanday hodisaga aytiladi?
3. Suyuqlikning jism sirtini ho’llashi yoki ho’llamasligi nimaga bog’liq?
4. Nima sababdan g’oz va o’rdaklar suvdan quruq chiqadi?
5. Kapillar hodisasi deb qanday hodisaga aytiladi?
 To’liq ho’llovchi suyuqlikning kapillarda ko’tarilish balan
5.Uyga vazifa: 45-47 – betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:____________________________________
A’lo darajada yozilgan suratlari bilan

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: