9-sinf KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI bir yillik dars ishlanmasi

Mavzu: Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari haqida ma’lumot va tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.

№ Dars taqsimoti Daqiqa
1 Darsni tashkil qilish jarayoni 2 daqiqa
2 O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni 10 daqiqa
3 Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni 20 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni 8 daqiqa
5 Darsga yakun yasash, baholash metodlari 3 daqiqa
6 Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Jami: 45 daqiqa
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Davlatning tashqi siyosiy faoliyati jamiyat hayotining qaysi sohasida va qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?
2.Kim xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyekti hisoblanadi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Hozirgi dunyoda inson huquqlari to’g’risidagi masala tashvishini tortmaydigan mamlakat topilmasa keerak. Tarixda ham inson o’z huquqlari uchun kurashmagan davr bo’lmagan. Erkinlik g’oyasini adolatsizlik va zo’ravonlikka kon bo’lgan hayotning o’zi dunyoga keltirdi. Kishilarning o’z huquqlari uchun kurashi jarayonida insonning munosib hayot kechirishga huquqi yoqlangan ko’plab g’oyalar, nazariyalar va ta’limotlar yuzaga keldi va rivojlandi.
Sharqning mashhur huquqshunoslari orasida Imom Buhoniddin al – Marg’inoniy alohida o’rin tutadi. Milodiy 1178-yili alloma o’zining 53 fasldan iborat bo’lgan “Hidoya” (To’g’ri yo’l) asarini yozib tugatadi. Bu asardaalloma kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar qanday bo’lishi kerakligini huquq asosida ko’rsatib berdi. Ko’p asrlar davomida ana shu kitob huquqshunoslik (fiqh) bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi.
Uyg’onish davri mutafakkirlari ham Burhoniddin al – Marg’inoniyning har bir insonning tabiiy huquqlariga, u ana shu davlatning fuqarosi ekanligi yoki aksinchaligidan qat’i nazar, rioya etilishini qonunlashtirish va ta’minlash zarurligi to’g’risidagi g’oyasini yoqladilar. Xuddi ana shu davrdan e’tiboran davlatga mutlaqo boshqacha – shaxs huquqlarini poymol qiluvchi institut (tashkilot) tariqasida emas, balki uning inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan yondashilmoqda.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Nega barcha zamonlarda inson ko’ngildagidek huquq va erkinliklarni qo’lga kiritishga intilib kelgan?
2.Inson huquqlariga doir barcha emg muhim xalqaro va milliy hujjatlarda inson nega eng oliy qadriyat deb e’tirof etiladi?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: