Ashtarxoniylar davlati

Ashtarxoniylar hukmronligining o’rnatilishi
1598-yilda Abdullaxon vafot etgach, shayboniylar o’rtasida toju taxt uchun kurash boshlanib, bu kurash oxir-oqibat mazkur sulolaning butunlay qirilib ketishiga olib keldi.
Buxoro xonligi taxtiga vorislikka shayboniy urug’lardan hech kim qolmagan edi. Ana shunday bir paytda Buxoroda amirlar kengashib, 1554-yili ruslarning Ashtarxonni (Astraxan, ya’ni Hojitarxon xonligini) istilo qilishi davrida Buxoroga qochib kelgan Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek sultonni (u Abdullaxonning singlisiga uylanganligi tufayli shayboniylarga kuyovdosh edi) xon qilib ko’tarmoqchi bo’ldilar. Jonibek in’om qilingan taxtdan bosh tortdi. Amirlar uning katta o’g’li Dinmuhammadni xon qilib ko’tardilar. Bu vaqtda u Obivardda edi. U Buxoroga kelayotib yo’lda halok bo’ldi. Shundan keyin uning ukasi Boqimuhammad xon qilib ko’tarildi. Jonibekning uchinchi o’g’li Valimuhammadrntaxt vorisi (valiahd) deb e’lon qilindi va Balxga noib qilib yuborildi.

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: