Fransiyada birinchi imperiya va uni halokati dars ishlanmasi

Darsning maqsadi: 

  1. a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati haqida ma’lumot berish.
  2. b) Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni axillik, do’stlik, vatanparvarlik, boshqa davlatlar tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash
  3. c) Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish

Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:

Umumiy kompetensiyalar:

  • Kommunikativ kompetensiya
  • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
  • Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Umummadaniy kompetensiya
  • Savodxonlik va fan-texnika taraqqiyoti yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • III. Yangi mavzu bayoni.

    Fransiyada Birinchi imperiya.1799-yilgi davlat to’ntarishidan so’ng Fransiyaning Birinchi konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi. 1802- yilda u о’zining umrbod konsul deb e’lon qilinishiga erishdi. 1804- yilda esa u Senatdan o’zini «Fransuzlar imperatori Napoleon I» deb e’lon qilinishini talab etdi va unga erishdi. Shu tariqa, Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya dvoryanlarga emas, yirik burjuaziyaga, qo’shin va davlat amaldorlariga tayanuvchi harbiy monarxiya edi.

    Istilochilik urushlari.N. Bonapart katta istilochilik urushlari olib bordi. Chunonchi, 1805- yilda Avstriya poytaxti Vena ishg’ol etildi. 1806- yilda Prussiya poytaxti Berlinni egalladi. О’z  g’alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britaniyaga nisbatan qit’a  qamali e’lon qilinganligi haqidagi dekretni imzoladi. Unga ko’ra, Napoleonga qaram barcha davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi. Napoleonning maqsadi shu yo’l bilan Buyuk Britaniyani bo’g’ib tashlash edi. Qit’a qamali Fransiyani Yevropa va jahon hukmronligi uchun o’z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi. Rossiya Fransiyaning Yevropadagi barcha g’alabalarini tan olishga va 1807- yilda Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to’g’risida shartnoma imzolashga majbur bo’ldi. Bu shartnoma tarixga «Tilzit shartnomasi» nomi bilan kirdi. Shartnomaga ko’ra, Rossiya Buyuk Brita­niya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga qo’shilish majburiyatini oldi.

Yuklab olish narxi: 3000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: