Nafas olish

Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi. Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O’pka alveolalari va tashqi muhit o’rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2. O’pka alveolalari va o’pkaning kapillyar qon tomirlari o’rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to’qimalar o’rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kisJorod ishtirokida hujayra va to’qimalarda oqsil, yog’ va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to’qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo’zg’alish, harakatlanish, ko’payish) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar nati¬jasida hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to’qimalardan qonga o’tib, o’pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.

Slayd a’lo darajada ishlangan.

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: