Ona tili 5-sinf bir yillk dars ishlanmalari

Fan: Ona tili __-,,___ ”-sinflar sana: ___________
Dars mavzusi: Til – ijtimoiy hodisa
Dars maqsadi:
a) tilning ijtimoiy hodisa ekanligini o’quvchilarga tushuntirish;
b) o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, muomala madaniyatiga o’rgatish.
c) o’quvchilarning so’z boyligini oshirish, nutqnirivojlantirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:
Umumiy kompetensiyalar:
– Kommunikativ kompetensiya
– Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
– Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
– Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
– Umummadaniy kompetensiya
– Savodxonlik va fan-texnika taraqqiyoti yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Dars metodi: qayta xotirlash, takrorlash, ta’limiy o’yin
Dars usuli: ,,Aqliy hujum”, induktiv
Dars jihozi: tarqatmalar, ko’rgazmalar, darslik, tillar shajarasi surati
Nazorat: og’zaki nazorat
Darsning borishi: Tashkiliy qism.
a)salomlashish ; b) davomatni aniqlash; c) sinf sanitariya holatiga e’tibor b.
Dars mazmuni: kirish suhbati uyushtirish. 5-sinfda ona tili muqaddima hisoblanib, izchil o’rganish talab etiladi.
Slaydda: ,,Til faqat aloqa vositasitasigina bo’lganda edi, u juda oddiy va qashshoq bir narsaga aylangan bo’lardi. Xolbuki, til bemislboy, sehru sinoatga, ruhiruhoniyatga, kоmillikkа limmo-lim bir xilqatdir” (N.Mahmudov)
2-bosqich. Magnitofondan so‘z ustasi (tomonidan ifodali o‘qilgan “(Onatili” haqida she’r o‘qiladi.
Namuna:
(Ota bo’lib otlangan tilim,
(Ona bo’lib shodlangan tilim,
Mutolaa bo’lib yodlangan tilim,
Bu ona tilim .
3. Ona tili deyilishining sababini izohlang. Javoblar umumlashtiriladi. Javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lishiga aloqaga kirishuvida til xizmat qiladi. Til insonning ongiga ona allasi orqali singadi, shuning uchun ona tili deyiladi va h. k.
3-bosqich. (Sinf doskasiga “Tillar shajarasi” rasmi ko‘rsatmali materiali qo‘yilgan). 0‘quvchilarga jadval tarqatiladi. Jadvalda tushunchalar berilgan va u o‘quvchilar tomonidan fikrlar mazmuni bilan to‘ldiriladi. (“Tushunchalar tahlili” metodidan foydalaniladi). llova:
T-r Tushunchalar Mazmuni
1. So‘z, til, milliytil
2. Dunyo tillari
3. Til-ijtimoiy hodisa
4. 1989-yil 21 –oktabr va h.k
0‘quvchilarning javoblari slaydda berilgan ma’lumotlar asosida tekshiriladi.
So‘z-narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qilib, lcksikhodisa
hisoblanadi.
Til – insonlar o‘rtasidagi muloqot vazifasini bajaradi.
Har bir millat tarixi, qadriyatlarini aks ettiradigan til – milliytil dir.
Til har bir xalq hayoti bilan bogliq holda taraqqiy qiladi, boyiydi, sayqallanadi, jamiyatda qadr topadi. Shuning uchun u – ijtimoiy hodisa.
4- bosqich. Mustahkamlasli. Sinf o‘quvchilari guruhlarga bolinadi va “Sababini aytaolaman” o‘yini tashkil qilinadi. Topshiriq. Sinf doskasiga (yoki ko’rsatmal ivosita qo‘yiladi) yozilgan quyida o‘zbek tilida paydo bo’lishining sabablarini aniqlash.
Kollej, litscy, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat.
5-bosqich. Darslik bilani shlash. 2-mashq bajariladi.
Har bir guruh a’zolari matnni o‘qib undagi g‘oya haqida o‘z fikrlarini bayon qiladilar (Matn slaydda ko‘rsatiladi yoki har bir o‘quvchi darslikdan mustaqil o‘qiydi).
0‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan xalq maqollarini davom ettirish.
Namuna:
1. Oz so‘z-
2. Notiq mahmadona bo‘lsa,
3. Befoyda so‘zni aytma,
4. Sevdirgan ham til

Bu darsdagi suhbatlar asnosida o‘qituvchi sinfdagi «o‘quvchilar bilan tanishadi, ularning nutqi, fikrni dalillash malakalari haqida ilk ma’lumot oladi. Shu jihatdan ham bu dars o‘qituvchi uchun ahamiyatlidir.
Uyga vazifa: “0‘zingiz o‘rganayotgan xorijiy til haqida nimalar nibilasiz?” mavzusid afikrlarni yozish.
A’lo darajada

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: