Said Ahmad. Ufq .slayd

UFQ.  ROMANI  HAQIDA.  Ushbu  romanda  xalqimiz  hayotining  kichik, biroq mazmun-mohiyati jihatdan juda dolzarb davri aks ettirilgan. Chunki xalqimiz  urush arafasidagi, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda mislsiz fidoyilik, qahramonliklar  ko’rsatdi.  Uzunligi  270  km  dan  Katta  Farg’ona  kanalining  qo’l kuchi bilan 45 kunda qazib bitkazilishi misli ko’rilmagan jasorat, har qanday jahon rekordini ortda qoldirar edi. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, kanal qazishda 160 ming kishi  qatnashgan,  kanal  trassasida  17,8  million  metr  kub  tuproq  chiqarilgan, shundan faqatgina 1,7 million metr kub tuproq mexanizmlar yordamida qazilgan. Urush  yillarida  xalqimizning  front  va  front  ortidagi  og’ir  mehnati,  urushdan keyingi tiklanish davridagi chekkan zahmatlarining har bir kuni jasorat edi.Bu  ulkan  ishlarning  ortida  qo’li  qadoq  jonli  odamlar,  ularning }murakkabliklar to’la suronli taqdiri, orzu-armonlari bor edi. Said Ahmad xuddi shu fidoyi insonlar hayotini, kechinmalarini qalamga olgan, ular haqida bir emas uchta jozibali, lekin bo’yoqlarga boy, hayajonli kitob bitgan. Ularni jamlab, «Ufq» deb nomlagan. Darhaqiqat, roman uch katta davrni o’z ichiga olgani uchun uni roman-trilogiya deb ataymiz. Asarning dastlabki kitobi «Qirq besh kun», ikkinchi kitobi «Hijron  kunlarida»,  uchinchi  kitobi  esa  «Ufq  bo’sag’asida»  deb  nomlangan. «Qochoq»  deb  shartli  nomlangan  parcha  romanning  «Hijron  kunlarida»  deb  ataluvchi ikkinchi kitobidan olingan.

Super  taqdimot

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: