Vatan himoyasi – muqaddas burch ssenariy

«Vatan himoyasi – muqaddas burch» mavzuidagibayram tadbiri ssenariysi
Tadbir maktab sahnasida yoki, zalda o’tkazishga mo’ljallangan.
Sahnada «O’g’lon, bilib qo’yki, seni Vatan kutadi!», «Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!», «14 yanvar -Vatan himoyachilari kuni» singari shiorlar ilingan.
Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli va aziz o’quvchilar! Vatanimizning mard va jasur o’g’lonlari! Shunqor yigitlar!
2-boshlovchi: – Assalomu alaykum, tadbirimizda ishtirok etayotgan, davramizga fayz qo’shib turgan qadrli ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar!
1-boshlovchi: Vatan himoyachilari kuniga bag’ishshlab o’tkazilayotgan « Vatan himoyasi – muqaddas burch » deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi: Mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi bilan chin qalbdan barchangizni tabriklaymiz.
1-boshlovchi: Dunyoda «Vatan» so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, Vatan himoyachisi bo‘lishdan ortiq shon-sharaf ham yo’qdir. Mazkur tushunchalar bir-biri bilan chambarchas boglangan bo’lib, asrlar osha ajdodlarimiz o‘gitlarida, xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlarida yashab kelmoqda.

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin: