Mavzu: Har kim ekkanini o’rar.
Maqsad: 1. O’quvchilarga ota-onaga bo’lgan muhabbat, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizning doimo ezgulikka chorlashi haqida tushuncha bеrish.
- Oiladagi milliy udumlar va milliy tarbiyaning uyg’unligini singdirish.
Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar
TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan eshittirishlarni tinglab tushunadi va gapirib bera oladi;
o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarnitanlay oladi va kutubxonadan foydalana oladi;
FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berib, qahramonlarni ajrata olish;
Dars jihozi: Oila tasviri ifodalangan turli rasmlar, ijodiy ishlardan ko’rinishli namunalar, ramziy daraxtlar surati, magnit tasmasi;
Kitoblar:
- Imom Buxoriy hadislari;
- A.Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq»
- Kaykovus «Qobusnoma»
- «Hikmat durdonalari»
Dars uslubi: bahs-munozara, klastеr mеtodi, rivoyat va qiyoslash mеtodlari.
Dars shiori: Otam – sarbon, onam bog’bon.
There are no reviews yet.