Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish. |
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ko’paytirish, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi ko’paytuvchi, ko’paytma.
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut |
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Ko’paytirishning hadlari, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi haqida bilim berish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Metod: Evristik, interfaol, muommoli izlanish metodlaridan foydalanish. Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin. Jihoz: 2-sinf matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, didaktik materiallar. Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish. Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi. |
Darsning maqsad va vazifalari |
Maqsadlar: |
Ta’limiy: Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish, birinchi ko’paytuvchi,ikkinchi ko’paytuvchi, ko’paytmaning ma’nosi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muommolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. |
There are no reviews yet.