Ko`pchiligimizni o`ylatib, adabiy davralarda turli bahslarga sabab bo`layotgan, biroq uzil-kesil bir tarafga hal etilishi mahol bo`lgan muammolar tahliliga bag`ishlangan maqolalar matbuotimizda, ko`p bo`lmasa-da, e`lon qilinib turibdi. Shubhasiz, bunday maqolalar juda katta ahamiyatga molikdir. Zero, ular o`quvchini befarq qoldirmaydi: o`ylashga, munosabat bildirishga undaydi — alal-oqibat tafakkurimizni boyitadi. Suvon Meliyevning «Mehr sehri»[1] nomli maqolasi, fikrimizcha, ayni shunday chiqishlardan bo`libdi. Ko`pchilik qatori o`z ko`mochimizga kul tortish bilan ovorai sarson bo`lganimiz bugungi kunda ayni shu maqola ayrim mulohazalarimizni o`rtaga tashlashga undadiki, buning uchun muallifdan behad minnatdormiz.Maqolada muallif o`zbek hikoyachiligining nodir namunalaridan bo`lmish «O`g`ri» (A. Qahhor) hikoyasiga yangicha munosabat bildiradi, uni bugungi kun nuqtai nazaridan baholashga harakat qiladi. S. Meliyev «O`g`ri» hikoyasi adabiyotimizda o`z o`rnini topib bo`lganini e`tirof etgani holda «unga umuminsoniy barkamol badiiylik namunasi emas, balki totalitar davrning badiiy hujjati sifatida qarash tarafdori» ekanligini yozadi. Munaqqidning fikricha, hikoyani umuminsoniy badiiyat doirasidan chetga chiqaruvchi narsa shuki, Qobil boboga hech kim, «hatto uning dard- alamini qalamga olmoqchi bo`lgan yozuvchi ham» rahm-shafqat qilmaydi. Muallif mazkur fikrni asoslab yozadi: «Badiiy mukammallik(ka) yolg`iz so`z-tasvir mahorati, yorqin detallar, rangdor til kabi sof badiiy tushunchalardan tashqari adabiy qahramonga ( demak, insonga) insoniy Mehr, taqdiriga sidqidildan kuyinish hamdir. Shunday mehrsiz, lekin yuksak mahorat bilan bitilgan asar ham baribir badiiy nomukammaldir». Umuman olganda, S. Meliyev to`la haq. Darhaqiqat, insonga muhabbat —umuminsoniy qadriyatlar yadrosi, usiz qadriyatlar parokanda bo`lib ketadi. Haqqast rost: insonga muhabbat hissi bilan yo`g`rilmagan asar badiiyatdan yiroq tushadi. Biroq, bizningcha, asarda o`sha muhabbatning qay darajala yohud qay yo`sinda ifodalanishini belgilashga, uning oshkora yoki pinhona bo`lishini talab qilishga haqli emasmiz. Shu mulohazaga tayangan holda boshdanoq o`zimizning aksilda`vomizni o`rtaga tashlaymiz: adabiyotimizda inson, xalq taqdiriga kuyinib yozilgan «O`g`ri» darajasidagi asarlar kam topiladi. Endigi muddaomiz shu da`voni imkon doirasida asoslash, xolos.
Davomi bor …………….super
There are no reviews yet.