MAVZU: FAZODA DEKART KOORDINATALAR SISTEMASI.
Reja:
- Skalyar va vektor kattaliklar haqida tushuncha.
- Vektorlar ustida chiziqli аmallar.
- Kollinear va komplanar vektorlar
- Ba`zis vektorlar.
1. Skalyar va vektor kattaliklar haqida tushuncha.
Skalyar miqdor deb faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklarga aytiladi. Masalan: uzunlik, vaqt, hajm, yuza va boshqalar. Shunday miqdorlar ham borki, ular o’zlarining son qiymatlari bilan to’la aniqlanmaydi; ularni to’liq aniqlash uchun son qiymatlari bilan bir qatorda yo’nalishlari ham berilgan bo’lishi kerak. Masalan, harakat, kuch, tezlik, tezlanish kabi miqdorlar. To’g’ri chiziqda oddiy kesma bilan bir qatorda yo’nalgan kesma, ya`ni bir uchi uning boshi, ikkinchi uchi uning oxiri hisoblangan kesmaga qaraladi. Bunday kesma vektor deyiladi. Oddiy kesmada esa aniqlovchi nuqtalar teng huquqli bo’lib tartibining ahamiyati yo’q.
Boshlang’ich nuqtasi A va oxirgi nuqtasi B bo’lgan vektor yoki qisqacha shaklida belgilanadi. Shunday qilib, vektor miqdor geometrik usulda ma`lum uzunlikdagi va aniq yo’nalishdagi kesma yordamida tasvirlanadi:
There are no reviews yet.