MODDIY NUQTA VA QATTIQ JISM ILGARILANMA HARAKATINING KINEMATIKASI
Fizika – materiya harakatining eng sodda ko‘rinishlari va tabiatning ularga mos eng umumiy qonunlari haqidagi fandir. Fizika matematika bilan uzviy bog‘liq. U aniq fanlar qatoriga kiradi va o‘zining tushunchalari va qonunlarini matematik tilda ifodalaydi. Fizika bilan boshqa tabiiy fanlar (kimyo, geologiya, biologiya va boshqalar) chambarchas bog‘langan, chunki ularda fizik tushunchalar, qonunlar va tabiat hodisalarini tekshirish usullari, shuningdek, turli xil fizik asboblar keng qo‘llaniladi.
Fizika-eksperimental fan. Eksperiment, ya’ni aniq nazorat qilinadigan shart – sharoitlarda o‘rganilayotgan hodisani kuzatish, fizikadagi asosiy tadqiqot usullaridan biridir. Eksperimental ma’lumotlarni tushuntirish uchun berilgan hodisani boshqaruvchi ichki bog‘lanishlar haqida gipoteza ishlab chiqiladi. Gipotezaning to‘g‘riligi mos eksperimentlarni qo‘yish va gipotezadan kelib chiqadigan xulosalarni tajribalar va kuzatishlar natijalari bilan mos kelishini aniqlashtirish vositasida tekshirib ko‘riladi. Eksperimental tekshirishdan muvaffaqiyatli o‘tgan va bilimlar tizimiga kiritilgan gipoteza qonunga yoki nazariyaga aylanadi. Fizik nazariya tajriba natijalarini umumlashtiruvchi va tabiatning ob’ektiv qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy g‘oyalar to‘plamidan iborat.
18 varoq.Mustaqil ish.Referat
There are no reviews yet.