So’z boshi
Fizikadan bo’ladigan fan olimpiyadasiga o’quvchilar yillar davomida tayyorlanib boradi.Fan olimpiadasida asosan o’quvchilar uchta yo’nalish bo’yicha sinovlardan o’tadilar.
1.Masala yechish.
2.Test savollariga javob berish.
3.Laboratoriya ishini bajarish.
Fan olimpiadasini har yili maktab, kollej va litseylarda o’tkazilishi, tuman, shahar va Respublika miqyosida o’tkazilishi iqtidorli, bilimli o’quvchilarni aniqlashdan iboratdir. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 1993-yil 5 fevraldagi qaroriga asosan barcha oliy o`quv yurtlari uchun talabalarni test o’tkazish bilan saralab olinishi joriy etilgan.1993-94 o’quv yilidan boshlab talabalarning o’quv jarayonida barcha fanlardan o’zlashtirishi test o’tkazish yo’li bilan baholanmoqda.Hurmatli o’quvchi testga tayyorlanish maktabda, kollejda olgan bilimlaringizni chuqurlashtirishingiz mumkin.Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yoshlikda egallagan bilimingiz bo’lajak kasbingiz poydevori bo’lib xizmat qiladi.Iqtisosligingizga oid oladigan bilimlarni esa
shu poydevor ustiga quriladigan muxtasham binoga o’xshatish mumkin. Poydevori mustahkam binoni zamonaviy talablarga moslab ta’mirlash mumkin bo’lganidek, maktabda, kollejda olgan bilimingiz puxta bo’lsa hozirgi tehnikaviy taraqqiyot davrida tabora kengayib borayotgan ilm daryosidan o’z bilimingizni mustaqil
ravishda to’ldira olasiz va dunyo standartlarga mos malakaga ega bo’lasiz.Puxta bilimli,ilmiy dunyo qarashi keng insonni xalqimiz e’zozlab uni maktab ko’rgan odam deyishlari bejiz emas.Fan asoslarini chuqur egallashdek mashaqqatli va sharafli mehnatda siz yoshlarga omad tilab qolaman.Fizika so’zi grekcha bo’lib, fiyazis so’zidan kelib chiqib, u tabiat degan ma’noni anglatadi.Fizika, tabiat haqidagi fanlarni biridir.Tabiatda turli hodisalar sodir bo’ladi.Hodisalar o’rganilib, ma’lum natijalar olinadi.Natijalar umumlashtirib qonuniyat tarzida
ifodalanadi.Fizik qonunlar hodisalarning miqdoriy xarakteristikalari orasidagi eng muhim bog’lanishlarni xarakterlaydi.Miqdoriy xarakteristikalar fizik kattaliklar deb ataladi.Fizik kattaliklar masalan, uzunlik, massani o’lchash, ba’zilarni esa formula asosida hisoblab topish mumkin.Fizik kattaliklarni o’lchash uchun o’lchov birliklari tanlab olinadi. O’lchash mumkin bo’lgan fizik kattaliklarning birliklari etalon (na’muna)larga ega.Fizik kattaliklarning qiymati deganda mazkur kattalik etalondan necha marta farqlanishini ko’rsatadigan son
tushuniladi.Hozirgi vaqtda birliklarning xalqaro sistemasi (Cu)dan foydalaniladi.Cu -da uzunlik
birligi metr , massa birligi kilogramm,vaqtni sekund(c), elektr toki kuchini Amper (A),Termodinamika temperaturani Kelvin(K), modda miqdorini mol (mol), yorug’lik kuchini qomdela(kol) deb nomlangan, asosiy birliklarda va yassi burchakli radian(rad),fazoviy burchakni steradian(cp) deb nomlangan. Qo’shimcha birliklarda o’lchash qabul qilingan. Asosiy birliklardan foydalanib boshqa fizik kattaliklarning o’lchov birliklari
hosil bo’ladi.Ba’zan fizik kattaliklarni ozaro bog’liqligini tasvirlovchi grafik tuzish uchun dekard koordinatalar sistemasidan foydalanadi.Fizikada har qanday masalani yechishda berilgan kattalik bir xil sistemaga keltirib olinib, keyin ushlansa natija aniq chiqadi Fizikadan labaratoriya ishini bajarishda qanday kattalikni aniqlash kerakligini aniq tushingan holda ish boshlanishi kerak. Labarotoriyani ishlanshda yangilik yaratilmaydi oldindan aniq bo’lgan kattalik tajriba yo’li bilan aniqlanib solishtiriladi, ishlash jarayonida yo’l qo’ygan xatoliklar
aniqlanadi. Agar topilgan qiymat oldindan ma’lum bo’lgan qiymatga yaqin son topilgan bo’lsa
o`quvchi maqsadga erishgan bo`ladi……………………
56 varoqdan iborat.Super.Albatta g`olib bo`lasiz.
There are no reviews yet.