Tabiatda sodir bo’ladigan hodisalarni kuzatish natijasida ular ma‘lum yo’nalishda bo’ladi degan xulosa chiqarish mumkin. Masalan, issiqlik hamma vaqt issiqroq jismdan sovuqroq jismga o’tadi; suv baland joydan past joyga oqadi; bir gazga boshqa gaz qo’shilsa, bu gazlar o’zaro aralashib ketadi; elektr yuqori potentsi-aldan past potentsialga ko’chadi. Ish issiqlikka bevosita aylanadi (masalan, ishqalanish), lekin issiqlikni ishga aylantirish uchun qo’shimcha mexanizm kerak, shunda ham issiqlikning bir qismi ishga aylanmay qoladi va hokazo. Bu hodisalarning xammasi ham o’z-o’zicha sodir bo’ladi, lekin ular teskari tomonga bormaydi. Bu ho-disalarning hammasi qaytmas hodisalardir. Masalan, suv pastdan balandga oqmaydi, issiqlik sovuq jismdan issiq jismga o’tmaydi; vaholanki, issiqlikning sovuq jismdan issiq jismga o’tishi ter-modinamikaning birinchi qonuniga xilof emas, chunki bu hodisa energiyaning saqlanish qonuniga zid kelmaydi. Demak, termodinamikaning birinchi qonuniga asoslanib, hodisalarning yo’nalishi haqida fikr yuritib bo’lmaydi. Bu masalani termodinamikaning ikkinchi qonunigina hal qila oladi.
REFERAT.MUSTAQIL ISH.9 VAROQ
There are no reviews yet.