Tabiatda soya va yarim soya hosil bo’lishi katta masshtabda quyosh va oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma’lumki, quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi yer ham o’zining tabiiy yo’ldoshi bilan birgalikda aylanib turadi.Yer quyosh atrofida 365.26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa yer atrofida 27 sutka 7 soat 43 minutda bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda yer va quyosh oralig’iga oy tushib qolsa, oy quyoshdan keluvchi nurlarni to’sib qoladi. Shunda quyosh tutilishi ro’y beradi.
There are no reviews yet.