Qushlar sinfini turlari
Birqozonlar yoki meshkopchilar oilasi
Qizil birqozon (saqoqush) — O’zbekistondagi suv havzalarida yashaydigan eng yirik qushlardan biri. Massasi 10 kg ga, qanotlarini yozgandagi kengligi 2 m ga yetadi. Tumshug`i katta va yassi bo’lishi, uning ostida terili xalta joylashganligi bilan boshqa turdagi qushlardan farq qiladi.
Voyaga yetgan birqozon oq rangda bo’lib, qariganlari bahorda pushti rangda tovlanadi, kuzga borganda bu rang o’zgaradi. Yosh qushchalari xira-qo’ng`ir tusda bo’lib, hayotining ikkinchi-uchinchi yili oqaradi. Qizil birqozon uchgan vaqtda qanotlarining ostidagi keng qoramtir yo’l yaxshi ko’rinib turadi, ana shu bilan u boshqa birqozonlardan farq qiladi.
There are no reviews yet.