Shamollar va havo massalari.
- Nega shamol bo‘ladi? Havoning tinch turgan vaqti juda kam bo‘ladi. Yozda kunduz kuni ko‘l, daryo bo‘yida, daraxtzor yoki dala chekkasida o‘tirsangiz, shamol esayotganini albatta, sezasiz. Havoning gorizontal harakatiga shamol deyiladi. Shamol vujudga kelishining asosiy sababi Yer yuzasining turli joylardagi havo bosimida farq bo‘lishidir. Havo bosimidagi farqqa nima sabab bo‘ladi?
- Havo massalari nima? Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladigan katta qismlari havo massalari deyiladi. Ular juda katta hudud ustida vujudga keladi. Yer yuzining turli joylarida bir-biridan farq qiluvchi havo massalari tarkib topadi. Masalan, sovuq mintaqalarda shimoliy yarimsharda arktika, mo‘tadil mintaqada mo‘tadil, tropik o‘lkalarda tropik, ekvator atrofida ekvatorial havo massalari hosil bo‘ladi. Havo massalari okeanlar va quruqlik ustida paydo bo‘lishiga qarab dengiz va kontinental havo massalariga bo‘linadi.
-
Prezentatsiya.Taqdimot 26 varoq
There are no reviews yet.