YERDA SUVNING PAYDO BO’LISHI HAQIDAGI FARAZLAR
Umuman, sayyoramizda suvning kelib chiqishi haqida yagona tan olingan nazariya mavjud emas, lekin u haqda bir qancha farazlar mavjud.
«Yerda suv qanday paydo bo’lgan»? degan savolga javob topish maqsadida, bugunda mavjud bo’lgan bir nechta farazlar bilan tanishib chiqamiz.
Birinchi faraz. Yerni «issiq» holda paydo bo’lishidan kelib chiqadi. Yer bir vaqtlar o’ta yuqori haroratga ega bo’lgan kurra bo’lib, o’zidan atrofga issiqlik tarqatib sekin-asta soviy boshlagan. Shunda birlamchi po’stloq paydo bo’lgan, kimyoviy elementlarning birikmalari vujudga kelgan va bular yer ustida vodorod hamda kislorodning birikmasi, boshqacha aytganda – suv vujudga keladi. Sekin soviyotgan yer po’stlog’i yoriqlaridan to’xtovsiz otilib chiqayotgan gazlar yer atrofidagi bo’shliqni tobora to’ldira boshlagan. Bu gazlar va bug’lar sovish jarayonida yer sayyorasini quyuq o’rab olgan bulutli qoplamani tashkil qiladi. qachonki, bu gaz bug’ buluti qoplamasining harorati pasayishi shunday darajaga yetadiki, bulutlardagi namlik suvga aylanib, birinchi yomg’irlar yog’ib o’tadi. Shu asnoda ming va ming yillar davomida yomg’ir yog’ishi davom etadi. Aslida ana shu yomg’ir suvlari yer yuzasidagi chuqurliklarni asta-sekin to’ldirib, dunyo okeanini vujudga keltiradi.
Suv muvozanati – bu tabiatdagi suvlarning aylanma harakati va uni alohida qismlarining miqdoriy ifodasidir (2.2-rasm).
Yerning suv muvozanatini umuman va uni alohida katta qismlarini ta‘riflash uchun tenglamalar tizimi qo’llaniladi. Yerning yillik suv muvozanatini tenglamalar tizimi asosida miqdoriy ko’rsatkichlarini hisoblash natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (3.3-jadval). Jadvalning birinchi qismida, daryolari okeanga quyiladigan Yerning etak qismidagi suv muvozanati bo’yicha natijaviy miqdoriy qiymatlari keltirilgan; keyin daryolari yopiq suv havzalari Kaspiy, Orol dengizi va boshqalarga quyiladigan quruqlikning yopiq qismidagi suvlarini almashish ma‘lumotlari keltirilgan; quruqlikning yopiq qismi uning etak qismiga nisbatan yog’inlar miqdori bo’yicha 3,5 barobar va suv oqim miqdori bo’yicha 14 barobar kam ta‘minlangan. Quruqlikning bu qismini 32 mln. km2 maydonining deyarli yarmini mutlaqo daryolari bo’lmagan sahrolar egallagan.
Sayyoraning suv resurslari asosan suvni tabiatdagi aylanma harakati jarayonida yog’adigan atmosfera yog’inlari natijasida shakllanadigan yer usti va yer osti suv oqimlari yig’indisi miqdoridan iborat.
1200 km3 ga teng bo’lgan bir vaqtdagi davrlar suvining hajmi tabiatda suvning aylanishi tufayli yiliga 40000 km3 ga yaqin hajmda yangilanadi yoki daryolar o’zanidagi suvlar miqdoriga nisbatan 33 marta ortiq suv hajmida bo’ladi. Bu chuchuk suvlar sayyora aholisini, hayvonot va o’simlik dunyosini hamda tuproq namligini ta‘minlovchi manbadir.
There are no reviews yet.