INSON EKOLOGIYASI
Inson ekologiyasi fani antropoekologik sistemalarning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rgatadi.
Antropoekologik sistemalar — muhit bilan dinamik muvozanatda bo’lgan va shu munosabat orqali o’z ehtiyojlarini qondiradigan odamlar jamoasidir.
Antropoekologik sistemalarning tabiiy ekosistemalardan asosiy farqi — uning tar-kibida odamlar jamoalarining mavjudligidir. Ma’lum hududda yashaydigan odamlar jamoasining faolligi ularning atrof-muhitga ko’rsatadigan ta’sir darajasi bilan aniqlana-di. Rivojlanayotgan jamoa aholi sonining ortib borishi bilan birga oziq mahsulotlariga, xomashyoga, suv resurslariga, chiqindilarni joylashtirishga ehtiyojlari ham ortib borishi bilan ta’riflanadi. Bu esa o’z navbatida tabiiy muhitga ta’sirni kuchaytiradi, biotik va abiotik omillardan foydalanishni jadallashtiradi..
There are no reviews yet.