Kirish…………………………………………………………………………………………………………
I-BOB. OZON VA UNING ORGANIK DUNYO TARAQQIYOTI UCHUN AHAMIYATI HAMDA ILMIY O`RGANILISHI………………………………
1.1Atmosferaning tuzilishi, tarkibi va yer tabiatiga ta`siri……………………………
1.2. Ozon qatlamining paydo bo’lishi va hususiyatlari………………………………..
1.3 Ozon qatlamini yerda hayotning paydo bo’lishidagi o’rni va ahamiyati…
II-BOB. OZON QATLAMIDAGI O`ZGARISHLARNI EKOLOGIK OQIBATLARI HAMDA UNI OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI….
2.1 Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar…………..………………………….
2.2 Iqlim isishining asosiy sabablari……………….…………………………..
2.3. O’zbekistonda ozon qatlamini muhofaza qilishga doir olib borilayotgan
ishlar………………………………………………………………………………………………
XULOSA…………………………………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………………..
Hozirgi kunda butun yer shariga tarqalayotgan har qanday ekologik muammo olamshumul hususiyatga ega bo’lib bormoqda. Masalan, Orol muammosi yoki Chernobldagi halokat oqibatlari sayyoramizning turli chekkalarida aks sado bermoqda. Chang bo’ronlari, yog’in miqdorining kamayishi, yozgi haroratning ko’tarilishi Orol dengizi sayozlanishining natijasidir. Butun jahon shu muammolarni hal qilishga o’z xissasini qo’shishga harakat qilmoqda, chunki mintaqada mavjud bo’lgan har bir “qizg’in ekologik nuqta” o’ta isish va kutilmagan joylarda o’nglab bo’lmas o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqayotgan muammolarda insonlarning ham aybi bor. Bu muammolar antropogen muammolar deb ataladi, ya’ni ular inson faoliyati bilan bog’liqdir. Eng qo’rqinchili muammolardan biri bu achinarli natijalarga, ofatga olib keladigan atmosferada mavjud bo’lgan ozon qatlamining yemirilishidir. Hozirda sodir bo’lib turgan iqlimiy o’zgarishlar, odamlarda immunitet pasayishi, ko’plab kasalliklarning paydo bo’lishida sezilib turibdi va bu hali oxiri emas. Aytib o’tgan muammolar va ularni hal qilish yo’llari to’g’risidagi ma’lumotlarni zamondoshlarimizga aytib berish lozim. Ushbu risolada shu masalaning tarixi, ozon, uning hususiyatlari, “ozon tuynuklari”, ozon qatlamini himoya qilish bo’yicha halqaro hamjamiyatlar faoliyati va boshqa masalalar to’g’risida ma’lumot beramiz.Ozon gazsimon o’ziga xos hidli modda bo’lib, uning molekulasi 3 ta kislorod atomidan iborat. Ozon mamaqaldiroq bo’lib, chaqmoq chaqnaganda, laboratoriya sharoitida past elektr razryadlanishida yoki ultrabinafsha nurlarining kislorodga ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Ozon – tez parchalanuvchi moddadir. Uning molekulasi atomlarga oson bo’linadi. Kislorod atomi yoki kislorodning erkin radikali turli kimyoviy reaktsiyalarda faol oksidlovchi moddadir. Turmushda undan suv va havoni tozalashda, kirni oqartirishda foydalaniladi.
There are no reviews yet.