Ona tili va adabiyot to`garak ishlanmalari yuqori sinflarga
Sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: TIL-IJTIMOIY HODISA
Darsning maqsadi:
- a) ilmiy maqsad – tilning ijtimoiy hodisa ekanligini o’quvchilarga tushuntirish;
b)tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, muomala madaniyatiga o’rgatish;
- d) rivojlantiruvchi maqsad-o’quvchilar so’z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosidao‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
–sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
- Uyga vazifa 2 minut
I.Tashkiliy qism:
- A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
- B) O’quvchilar bilan salomlashish.
- C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
- D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
- E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
II.To’garak haqida ma’lumot berish
III.Darsning jihozi: tillar shajarasi surati.
Darsning rejasi:
- So’z, til va milliy til tushunchalari.
- Dunyo tillari haqida ma’lumot.
Ushbubirinchi dars orqali o’quvchilar tilning mo’jizali olamiga ilk qadam tashlaydilar, tilning inson hayotidagi o’rni, ahamiyatini anglaydilar. Avvalo, mavzuning nomlanishiga e’tibor qaratiladi.
Har bir fan maktabda kirish darsi bilan boshlanadi. Buning sababi aynan ona tili darsida izohlansa, ayni muddao bo’ladi.
Siz yangi bir joyga borsangiz yoki yangi bir hi no, xonaga kirsangiz, eng avval bu yerga diqqat bilan qarab, o’rganib chiqasiz, shu joy muhitiga moslashasiz, u bilan tanishasiz. Demak, kirish ilk tanishish, moslashishdan iborat. Bizning ilk tanishuv darsimiz esa tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida.
Shu kabi kirish so’zi bilan dars boshlangach, mavzuning ostida berilgan.Ikkita topshiriq bo’yicha qisqa suhbat o’tkaziladi. U so’z, til, muomala,milliy til va millat tushunchalari doirasida bo’ladi.Suhbat topshiriqlardan keyin berilgan mavzuga aloqador maqola mazmuniga ulanib ketishi lozim. O’quvchilarning diqqatini asosiy nuqtaga qaratish uchun birin-ketin mulohaza uyg’otish maqsadida quyidagi ikki savol bilan murojaat qilish mumkin.
- Til o’zi nima? Siz uni qanday tushuntirasiz? Bunda til kishilar orasida aloqa vositasi ekanligi oydinlashishi kerak.
- «ljtimoiy hodisa» birikmasini qanday tushunasiz?
Tajriba shuni ko’rsatadiki, 5-sinf, hatto yuqori sinf o’quvchilari ham ijtimoiy so’zining ma’nosini tushunmaydilar, tushunsa ham sharhlay olmaydilar.
Shuning uchun insonlar o’rtasidagi munosabat, inson bilan bog’liq har qanday voqelikning ijtimoiy hodisa ekanligini soddatil bilan tushuntirish lozim. Bu tushunchalar dars oxirida berilgan uchta savol bilan mustahkamlanadi. Shu o’rinda barcha bolalarga tanish «Maugli» multfilmini eslatish o’rinli bo’ladi.
Qolgan barcha mashqlar ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lib, suhbat munozara shaklida bajariladi. Bu darsdagi suhbatlar asnosida o’qituvchi sinfdagi o’quvchilar bilan tanishadi, ularning nutqi, fikrni dalillash malakalari haqida ilk ma’lumot oladi. Shu jihatdan ham bu dars o’qituvchi uchun ahamiyatlidir.
Bu darsda baholash o’qituvchining og’zaki rag’batlantirishi shaklida bo’lishi mumkin. Faol qatnashgan, og’zaki nutqi ravon o’quvchilarga alohida e’tibor berilishi ham o’ziga xos baholashdir. Uyga vazifa sifatida darsda ulgura olinmagan bitta yoki ikkita mashq beriladi. O. Husanovning«Tog’da o’sgan bola»qissasini topib o’qish tavsiya qilinadi.
IV.Mustahkamlash. Savol-javob o’tkazish
V.Baholash .Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa.Mustahkamlash
There are no reviews yet.