“YOSH MATEMATIK” TO’GARAGI


10000 сўм

“Yosh matematik”to’garagining yillik ish rejasi

1-MAVZU:Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy-jaxonning buyuk matematigi.

Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy 787 yilda qadimiy Xorazmda dunyoga keladi. Al- Xorazmiy o’n yoshidayoq vazmin , harakatlari sust ko’rinsa ham, uning miyasi murakkab masala va misollar uchun yuzlab yechimlarni o’ylash bilan band bo’lgan. Lekin o’z yurtida vaziyat tobora qiyinlashgani uchun Xorazmni tark etib , al- Xorazmiy Bobilga boradi. Halifalikning poytaxti bo’lgan Bog’dod shahriga Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, “ Fil hisob al- Hind” nomli mashhur shoh asarini yozgan, o’n sakkiz yoshda bo’lishiga qaramay, fan olamida nom qozongan, istedodli yosh olim sifatida keladi. Xorun ar-Rashid al- Xorazmiyni shirin so’z, izzat –ikrom bilan kutib oladi va o’z saroyida ishlashga taklif qiladi. Xorun ar-Rashid o’sha zamondagi mashhur olimlarni Bog’dodga yig’ib, ularga boshchilik qilishni al- Xorazmiyga topshiradi.

Olimning kuchli fikr va bilim egasi ekanligini bilgan Xorun ar- Rashid al-Xorazmiyning Bog’dodda “Baytul hikma” ni tashkil qilishdek qaltis fikrini qo’rqmay maqullaydi va ilm uyini moddiy qo’llab turadi. Bu qurilishni al- Xorazmiy        boshqarar va uni tezroq ishga tushirish bilan band bo’lgan paytda halifa Xorun ar-Rashid 807 yilda to’satdan vafot etadi. Uning vafotidan keyin o’g’li al-Ma’mun taxtga o’tiradi . Al – Xorazmiy ilmiy faoliyatining ayni porlagan payti al-Ma’munning halifaligi, uning homiylik qilgan davriga to’g’ri keladi.

Al-Xorazmiyning taklifi bilan Muhammad al-Farg’oniy , Ahmad al-Murvaziy, Abbos al-Gavhariy, Tohir Yassaviy, Rizo Turkistoniy kabi o’sha zamondagi ulug’ matematiklar, mashhur astranomlar Turkiston yerlaridan Bog’dodga ko’chib keldilar va jahon fani tarihida keyinchalik “arab matema-tika maktabi “ deb nom olgan taraqqiyot mo’jizasini yaratdilar.

61  varoq

Bo'lim:

Based on 0 reviews

0.0 overall
0
0
0
0
0

Be the first to review ““YOSH MATEMATIK” TO’GARAGI”

There are no reviews yet.