“Mohir qo’llar” to’garagidan tayyorlagan to’garak ishlanmalari
Sana :
Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari.
Maqsad: O’quvchilarga mehnat ta’limi fani haqida ma`lumot berish.
O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash
O’quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Dars jihozi:ko’rgazma,mehnat qurollari,slaydlar
Dars tipi:aralash,savol-javob
Darsning borishi
I.Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Yangi mavzu bayoni.
O’quvchilar bilan ta’tilni qanday o’tkazganliklari haqida suhbatlashildi.
Har bir darsda qilinadigan ishlar mavjud.Masalan,Matematika darsida-sonlar,ular ustida amallar,figuralar haqida bilim olamiz.Ona tili darsida harflar ularni yozilish haqida bilim olamiz.Mehnat darsida esa,mehnat qurollari,ulardan foydalanish qoidalarini o`rganamiz.,Undan tashqari.rangli qog`oz,plastelin,tabiiy materiallardan biror narsa yasash,yaratishni o`rganamiz.O`quvchilar bilan birga klaster usulida mehnat qurollarini tarmoqlaymiz.
Aziz o‘quvchilar!
Siz ushbu darslik yordamida turli amaliy topshiriqlarni bajarishni o‘rganasiz.
Darslikda rangli qog‘ozdan har xil gullar, maketlar, tabriknomalar, turli ko‘rinishdagi
o‘yinchoqlar, parranda va jonivorlar shaklini yasash, gazlamalardan ajoyib buyumlar tayyorlash usullari o‘rgatiladi. Ayni paytda applikatsiya va mozaika usulida ishlash jarayoni ham ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, kasb-hunarga oid ma’lumotlar
bilan ham tanishasiz. Mehnat ta’limi darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga mavzudagi savol va topshiriqlarga to‘liq javob berishingiz, ishni sifatli bajarishingiz hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingiz lozim. Aziz o‘quvchilar, atrofingizdagi sizni hayratga solayotgan barcha ezgu ishlar inson mehnati mahsulidir.
Unutmang, kelajakda o‘zingiz tanlagan kasb-hunarning mohir ustasi bo‘lishingizda
ushbu darslik sizga yaqin ko‘makdosh bo‘ladi.
O`quvchilarning ish namunalarini ko`rsatib ,ular ham xuddi shunday narsalar yasay olishlari mumkinligini aytish.
Bu yilda qilinadigan ish rejasi bilan tanishtiriladi.
III.Mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilar bilan savol-javob o’tkazilib, mavzu mustahkamlanadi.Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
V.Uyga vazifa.Ish qurollari rasmini chizib yoki applikatsiyasini yasab kelish.
MRO’TIBO’___________
“Mohir qo’llar” to’garagidan tayyorlagan to’garak ishlanmalari 36 varoq
There are no reviews yet.