Ifodali o`qish jarayonida nafas, ovoz va nutq a`zolari faol ishtiirok etadi.
Nafas – ifodali o`qiishning muhim vositalaridan biridir. U kishi organizmi uchun ham asosiy oziqa hisoblanadi. Shuning billan birga, nutq so`zlash jarayoni, ayniqsa, ifodali o`qiish san`ati nafas negizi bilan uzviy aloqadordir.
Nafas olinganda havo burun bo`shlig`idan kekirdakka boradi va nafas yo`li orqali o`pkaga o`tadi. O`pkaga kirgan havo qovurg`a muskullarini kengaytiradi, natijada qovurg`alar qorin bo`shlig`idan uzoqlashib ikki yonga gengayadi. Aniqrog`i, ko`krak qafasi har tomonga kengayadi. Shu bir vaqtda qorin bo`shlig`ini ko`krak bo`shlig`idan ajratuvchi diafragma o`pkaning havoga tushib kengayishi hisobiga pastga yaqqol sezilib turadi.
To`g`ri nafas olish inson hayoti uchun ham,ifodali o`qish uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Agar noto`g`ri nafas olishsa – o`rinsiz pauzalar qilishsa, o`qilayotgan mantiqan buziladi. Matndagi muallif maqsadi tinglovchiga to`g`ri yetib bormaydi fikr tushunarsiz bo`lib qoladi.
Shuning uchun oliy va o`rta maktablarning o`qituvchilari o`zlarining va o`quvchilarning nafas organlari muskullarini chiniqtirib borishlari lozim. bu borada amalga oshiriladigan chora va tadbirlar insonni sog` va baquvvat qiladi, tovush va nutqning aniq, ravon, burro va jarangdosh bo`lishini ta`minlaydi.
There are no reviews yet.