Jarohat – teri, shilliq pardalar va chuqur joylashgan to‘qima va organlarning ochiq shikastlanishi bo‘lib, u ochiq to‘qimalar birligining qochishi va funksiyalarning buzilishi va qon oqishi bilan xarakterlanadi .
Jarohatning teri va joylashuviga qarab yuqorida ko‘rsatilgan belgilar klinik nuqtai nazardan ko‘proq yoki ozroq namoyon bo‘lishi mumkin (V.V.Plaxotin. 1997 y).
Teri qavati epidermasining yengil shikastlanishi tirnalish deyiladi. Jarohatlanish deganda to‘qimalarning qaysi predmet bilan jarohatlanishi tushuniladi.
Jarohat nimalardan tuzilgan? Jarohat chetlari, devori, tubi va yuzasidan tashkil topgan bo‘ladi.
Jarohat chetlari teri, jarohat devorlari mushaklar, fassiyalar va ular orasida joylashgan biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan bo‘ladi. Jarohat tubi – jarohatning eng chuqur qismi hisoblanib, o‘ o‘z navbatida jarohatlanish darajasiga qarab turli to‘qimalardan tashkil topgan bo‘ladi. Jarohat devorlari oralig‘i (bo‘shlig‘i) jarohat kanali deyiladi. Odatda u otilgan va sanchilgan jarohatlarda kanali egri va chuqur bo‘ladi, yuza joylashgan jarohatlarda esa kanali bo‘lmaydi ( F.A. Kalashnik, 1988y).
YANGI YANGILIKLAR VA NAZARIYALAR BILAN UYG`UNLASHGAN. MUSTAQIL ISH VA REFERAT






There are no reviews yet.