MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHUNUVI
- Oqsillar almashinuvi.
Organizmda moddalar almashinuvi muhim protsess bo`lib, u asosan tiriklik belgisidir.Oqsillar yoki proteinlar organizmda ikki xil funktsiyani bajaradi, yani qurilish materiali hamda energiya beruvchi manba sifatida. Oqsillarning plastik material funktsiyasi-barcha hujayralar va organlar oqsillardan tuzilgan. Ikkinchidan, oqsillarning ximiyaviy parchalanishi tufayli organizm kerakli energiya bilan taminlanib turadi. Har bir to`qima tarkibidagi oqsillar iste`mol qilingan oziq moddalar hisobiga yangilanib turadi. Oqsillar tarkibi jihatidan 20 xil aminokislotalardan iborat bo`lib, shundan 10 tasi to`la qimmatli, qolgan 10 tasi qimmatsizdir.Tarkibida sintez protsesslari normal borishi uchun zarur aminokislotalar bo`lsa, bunday oqsillar to`la qimmatli oqsillar, birortasi bo`lmasa, yoki juda kam bo`lsa, bunday oqsillar to`la qimmatsiz oqsillar deyiladi. To`la qimmatsiz oqsillar hujayra va to`qimalarning doimiy ravishda yangilanib turishi uchun yaroqsizdir.To`la qimmatli oqsillar, go`sht tuxum, baliq, ikra, sut tarkibida bo`lsa, to`la qimmatsiz oqsillar asosan o`simlik mahsulotlarida uchraydi.
YANGI YANGILIKLAR VA NAZARIYALAR BILAN UYG`UNLASHGAN MUSTAQIL ISH VA REFERAT






There are no reviews yet.