- O’simliklar dunyosini ahamiyati. O’simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. t organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t dengiz va okean o’simliklaiga, 38 mlrd. t o’rmonlarga, 6 mlrd. t o’tloqlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari o’simliklar, ya’ni yashil o’simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro’y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo’lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo’lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko’payib kishilar va hayvonlar nobud bo’lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o’sha SO2 gazi o’simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o’simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonnig kundalik hayotida o’simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o’simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida er yuzasida suv oqimiga, bug’lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo’nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta’sir etadi.O’simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta’sir etib, havosini tozalab, uni kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
YANGI YANGILIKLAR VA NAZARIYALAR BILAN UYG`UNLASHGAN MUSTAQIL ISH VA REFERAT






There are no reviews yet.