14 – yanvar Vatan ximoyachilari
kuniga bag‘ishlangan bayram ertaligi
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Marsh” musiqasi ostida kirib keladilar.Bayram “О‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi” bilan boshlanadi.
Boshlovchi: Bir kun katta bо‘lamiz,
О‘n yettiga tо‘lamiz.
Mustaqil ona yurtga,
Komil farzand bо‘lamiz.
Siz hozir cha bolasiz,
Bog‘dagi gul lolasiz
Tinchliksevar halqimning,
Mard jasur о‘g‘lonisiz.
Bir kun katta bо‘lasiz,
Xuddi oydek tо‘lasiz.
Ona yurt tuprog‘ini,
Hech ham yovga bermaymiz!
Assalomu alaykum dadajonlar, aka-ukalar, mehmonlar va bolajonlar. Bugun biz hayotimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini qо‘riqlab turgan “Vatanimiz himoyachilari” ni muborak ayyom bilan qutlash uchun yig‘ildik. Bayramingiz qutlug‘ bо‘lsin. Kechamizni ochib berish uchun sо‘zni bog‘cha mudirasiga beramiz.
There are no reviews yet.