8-sinf Odam va uning salomatligi fanidan bir yillik dars ishlanmalar


10000 сўм

Sana _____________20__yil,

Mavzu:        Odam va uning salomatligi to’g’risida umumiy tushuncha.

Maqsad: Ta’limiy: o`quvchilarga salomatlik, anatomiya, fiziologiya, gigyena haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: odam va uning salomatligi  haqidagi  ko’nikmalarini rivojlantirish.

 Kommunikativ kompetensiya: A2 ijtimoiy vaziyatlarda ona tili hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish. A2+ ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada ishlay olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish. A2+ mediamanbalarning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash hamda mediamadaniyatga ega bo‘lish.

Ozini ozi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 doimiy ravishda o‘zini o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish. A2+ bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xattiharakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.

 Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish. A2+ mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.

 Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishni, badiiy va san’at asarlarini tushunish. A2+ orasta kiyinish, madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.

 Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bolish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 56 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish. A2+ inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish.

O’tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko’rsatmalilik.

Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.

Darsning borishi:

  1. Darsni tashkil qilish. (2 daqiqa)1. Salomlashish.

2.Davomatni aniqlash.

3.O’quvchilarni darsga tayyorlash.

  1. Uy vazifani tekshirish: (6 daqiqa)7 sinfda o`tilgan mavzulardan qisqacha savol-javob.

III. Yangi mavzu bayoni. (25 daqiqa) Salomatlik odam organizmining biologik, aqliy, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir odam uchun baxt-saodatdir. Mehnat unum-dorligining oshishi, mamlakat iqtisodiy qudratining yuksalishi va xalq farovonligini ta’minlashning zarur shartlaridan bin ham salo-matlikdir. Sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas’uliyat bilan yon-dashish har bir insonning turmush va axloqiy mezoni bo’hshi lozim.

O’zbekiston Respublikasida sog’lom, jismonan baquvvat, bilimli, ma’naviy-axloqiy yetuk, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida „Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, 41- moddasida esa „Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deyilgan.

Odam organizmining tuzilishini anatomiya, uning faoliyatini fiziologiya, yashashi, normal o’sishi, rivojlanishi, o’qishi, mehnat qilishi uchun zarur sharoit yaratishni gigiyena fanlari asosida o’rganiladi.

Odam organizmining barcha to’qima va organlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Shuningdek, organizm tevarak-atrof muhiti bilan ham doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog’lanish nerv va endokrin sistemalar orqali boshqariladi.

Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida bolalar va o’smirlar organizmida o’sish va rivojlanishning buzilishi, tayanch-harakatlanish, yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish organlarining surunkali kasalliklari, ko’rish o’tkirligining pasayib qolishi kabi salbiy holatlar yuzaga kelishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 15- fevraldagi 46- sonli qarori bilan „Sog’lom avlod” Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000- yildan boshlab ko’p yillar davom etadigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ushbu Davlat dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va Sog’liqni saqlash vazirligining „Sog’lom avlod” majmuali tadbirlari ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasida 2005- yil „Sihat-salomatlik yili” deb e’lon qilinishi mazkur darslikning mohiyatini yanada oshirdi.  Vatandoshlarimizning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo’shgan hissalari. „Odam va uning salomatligi” fanini o’rganar ekanmiz, tibbiyot fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim.

Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ham tibbiyot faniga katta hissa qo’shgan. Uning „Saydana” kitobida o’simlik va hayvonot mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan.

Jahon tabobat ilmi rivojiga buxorolik buyuk alloma Abu Ali ibn Sino katta hissa qo’shgan. Ibn Sinoning „Kitob al-qonun fit tib” („Tib qonunlari”) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo’lib, bir necha marta yevropa, rus va o’zbek tillarida nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib, keyin iste’mol qilishni tavsiya etgan. Ibn Sinoning „Tib qonunlari” kitobi haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov o’zining „Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” nomli asarida shunday degan edi: „… mashhur alloma Ibn Sinoning „Tib qonun­lari” asari… dunyo miqyosida „Meditsina”, „Sog’lom turmush tarzi” degan tushunchalarning fundamental asosi bo’lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq qilib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini… rivojlantirishga ulkan ta’sir o’tkazdi.

Hozirgi davrda ham tabobat sohasida o’zbek olimlarining hissalari salmoqlidir. Jumladan, R. E. Xudoyberdiyev, N. K. Ah-medov, X. Z. Zohidov, R. A. Alavi, S. A. Asomov, S. A. Dami-novlar odam anatomiyasi fanining, A. Y. Yunusov, U. Z. Qodi-rov, Z. T. Tursunov, E. S. Mahmudov, K. R. Rahimovlar fiziologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Y. X. To’raqulov qalqonsimon bez kasalligini o’rganish va davolashga doir olib borgan ishlari uchun Davlat mukofotining sovrindori bo’lgaai. I. Q. Musaboyev yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablarini, V. V. Vohidov, O’. Oripov jarrohlik sohasini, K. A. Zufarov turli kasalliklar tufayli hujayralarda keghadigan o’zgarishlarni, S.^Shamsiyev bolalar kasalliklarini, N^ Majidov asab kasalliklarini, A.Asqarov, N. Ismoilov, Z. Umidova ichki kasalliklarni o’rganish va davolashga doir salmoqli ilmiy ishlar olib borganlar.   .

  1. Darsni mustahkamlash va yakunlash: (10 daqiqa)
  2. „Odam va uning salomatligi” fani nimani o’rgatadi?
  3. „Salomatlik—tuman boylik”, „Sog’lom tanda — sog’ aql” kabi maqollarning ma’nosini    qanday tushunasiz?
  4. Mashhur tabib Ibn Sinoni „Sharq tabobatining otasi” deyish mumkinmi? Javobingizni asoslab bering.
  5. Uyga vazifa: (2 daqiqa)Mavzuni o’qish va savollariga javob yozish, rasmlarni chizish.

Maktab rahbarining o`quv-tarbiya ishlar bo’yicha o`rinbosari   ____________ (imzo)

BIR  YILLIK  DARS  ISHLANMALARI   DARS  JARAYONIDA  SIZ  AJOYIB   TAKLIFLAR  BILAN  DARSNI  QIZIQARLI  O`TISHIGA   YO`L  OCHADI.

Bo'lim:

Based on 0 reviews

0.0 overall
0
0
0
0
0

Be the first to review “8-sinf Odam va uning salomatligi fanidan bir yillik dars ishlanmalar”

There are no reviews yet.