AHMAD YASSAVIY (1166- yilda vafot etgan)
Ahmad Yassaviy hazratlari turk dunyosining eng mashhur shaxsiyatlaridandir. Farididdin Attor uni «Piri Turkistoniy» («Turkiston piri») deb atagan edi. Buyuk Navoiy «shayxul mashoyix» («shayxlar shayxi») deb nomlaydi. O’z yurtida esa «hazrati sultonim» deydilar. Yassaviyning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar juda oz. Borlari ham rivoyat va afsonalarga qorishib ketgan. Buning ustiga, Yassaviy ijodi O’zbekistonda mustaqillikdan keyingina o’rganilmoqda. Bu borada birinchi manba, tabiiyki, uning «Devoni hikmat» asaridir. Shuningdek, Yassaviy xalifasi Sulaymon Boqirg’oniyning «Hakim ota kitobi», Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat», Fazlulloh Ro’zbehxonning «Mehmonnomayi Buxoro», Xizr ibn Ilyosning «Manoqibi Hoji Bektoshi valiy», Avliyo Chalabiyning «Sayohatnoma», Husomiddin Bulg’oriyning «Tavorixi Bulg’oriya», Haziniyning «Javohir ul-abror» kitoblarida ham adib haqida ozmi-ko’pmi ma’lumotlar berilgan. Yassaviy haqidagi ma’lumotlarni birinchi marta to’plab, jiddiy tadqiq qilgan turkiyalik olim Muhammad Fuod Ko’pruluzoda bo’lgan edi. U 1918- yilda «Turk adabiyotida ilk mutasavviflar» degan kitobini e’lon qildi. Abdurauf Fitrat 1927 – yilda Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozdi. 1972- yilda esa prof. E. Rustamovning ,,Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi» maqolasi («O’zbek tili va adabiyoti» jurnali 4-5- sonlar) chop etilgach, sho’ro idoralari tomonidan muallif boshiga turli savdolar tushdi. 1991- yildan keyingina uning hikmatlarini va u haqdagi tadqiqotlarni nashr etish keng yo’lga qo’yildi.
13 VAROQDAN IBORAT
There are no reviews yet.