XX asrdagi nafaqat fransuz, balki jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri hisoblanmish Antuan de Sent Ekzyuperi 1900-yil 29- iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda kam-bag’allashgan zodagonlar oilasida dunyoga keldi. Otasidan erta yetim qolgan Antuanning bolaligi Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida o’tdi. Antuan juda sho’x, quvnoq va ziyrak bola edi.
1909- yildan 1914- yilgacha Antuan va uning akasi Fransua Man shahridagi kollejda ta’lim olishdi. Birinchi jahon urushi boshlangach, ularning onasi o’g’illarini Shveysariyadagi xususiy kollejlardan biriga o’qishga yuboradi. 1917- yili akasi Fransua bevaqt olamdan o’tgach, Antuanning qalbida chuqur o’zgarish ro’y beradi va ilk bora yashashdan maqsad nima, degan savolga javob axtara boshlaydi.
Yosh Antuan Nafis san’at akademiyasining arxitektura fakultetiga o’qishga kiradi, biroq insonning hayotdagi o’rni haqidagi fikrlar uni aslo tark etmaydi, zero Antuan o’z hayotini aniq bir sohaga bag’ishlamoqchi, insoniyatga chinakam naf keltiradigan ishga qo’l urmoqchi edi. 1921- yili u arxitektura fakultetini tark etadi va Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi.
9 VAROQDAN IBORAT

Abrli gazlamalar ishlab chiqarish
ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRUVCHI MANBALAR MONITORINGI
AMIR TEMUR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM ERTALIGI.
AHMAD FARG‘ONIY
Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob” romani .Referat
Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan bayram ertaligining kompozitsiyasi.
Yashil suv o‘tlari bo‘limi
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar miqdorini hisoblash
Abdulla Oripovning “O`zbekiston “ qasidasi to`g`risida insho uchun tayyorgarlik ko`rish dars ishlanmasi
AHMAD YASSAVIY.REFERAT
1yun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.Bayram ertaligi 




There are no reviews yet.