Atomning tuzilishi
Elektr o’tkazuvchanlik qobiliyatiga qarab, qattiq jismlar o’tkazuvchilarga, yarim o’tkazuvchilarga va izolyatorlarga bo’linadi. Ular bir-biridan farq qilishiga sabab atom elektron qobiqlarining turlichaligidir.
Ma’lumki, istalgan elementning atomi musbat zaryadlangan yadro va yadro atrofida harakatlanadigan elektronlardan tashkil topgan. Yadro musbat zaryadlangan proton va elektroneytral neytronlardan iborat. Yadro zaryadi Zundagi protonlar soni bilan aniqlanadi va shu elementning Mendeleyev davriysistemasidagi tartib nomeri bilan
mos keladi. Atom yadrosi atrofida yopiq orbitalar bo’ylab harakatlanadigan elektronlar soni ham Z ga teng va shuning uchun ham atom elektroneytral. Atomdagi elektronlar ma’lum n =1, n=2, n=3 orbitalar (qobiqlar) bo’ylab joylashadi. Har bir orbitada 2n2 ta elektron joylashishi mumicin va ularning energiyalari ham bir xil. Har bir qobiqdagi elektronlarning energiya-lari mos ravishda Ev E2, E,,…deb belgilanadi.
10 varoq.super
There are no reviews yet.