Biologiya fanining ahamiyati. Hozirgi davrda insoniyat oldida bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Ulardan biri oziq-ovqat bilan bog’liq muammodir. Ma’lumki, jahon aholisining soni yildan yilga ko’payib bormoqda. XXI asrning boshida sayyoramiz aholsining soni 6 mlrd.dan ortib ketdi. Har kishi normal hayot kechirishi uchun bir kecha-kunduzda 100-120 g oqsil ite’mol qilishi zarur. Vaholanki, ko’pchilik aholining iste’mol qiladigan kunlik oqsili 50-60 g dan oshmaydi. Inson hayoti uchun zarur bo’lgan yog’li, uglevodli oziqalarning yetishmasligi ham sezilmoqda. Binobarin biologiya fani oldida turgan birinchi vazifa insonlarning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko’p yillardan beri qo’llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, genetik injeneriya — genlarni sintez qilish, ko’chirib o’tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo’ladi.

Litosfera.ppt 




There are no reviews yet.