Biotik omillar va antropogen omillar
Organizmlar ћayoti bir-biriga chambarchas boѓlangan. Ana shu barcha tirik organizmlarning bir-biriga bo’lgan ta’siri, ular orasidagi o’zaro munosabatlar biotik omillar deyiladi.Masalan, tuproqda bakteriyalar, zamburuѓlar va suv o’tlari singari ko’pgina mikroorganizmlar yashab, ular o’simlik va ћayvon qoldiqlarini parchalaydi, ћavodagi erkin azotni to’plab, yuksak o’simliklar o’zlashtiradigan ћolatga keltiradi (azot to’plovchi azotobakteriyalar). Shuningdek, tuproqdagi yomѓir chuvalchangi ћam tuproq strukturasini yaxshilashda ishtirok etadi va o’simliklar ћayotiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Tuproqda o’simliklar ћayotiga zarar keltiruvchi ћasharotlar va sut emizuvchi ћayvonlarning vakillari ћam uchraydi. Masalan, may qo’nѓizi va kemiruvchilar o’simlik ildizini ћamda yer ustki qismlarini kemirib ularni quritishga olib keladi. Chorva mollari yaylovlarda uzliksiz boqilganda o’simliklarga salbiy ta’sir qiladi. Biroq, ћayvonlar ishtirokida o’simliklar changlanadi, ularning uruѓ va mevalari tarqaladi.
There are no reviews yet.