Tog’ teragining po’stlog’i sarg’imtil, nisbatan yupqa, pastki qismida chatnagan bo’ladi. Yog’ochligi mag’izsiz, oq rangda, lekin vaqt o’tishi bilan qizg’ish yoki yashilsimon rang oladi, yumshoq va engil, namga chidamsiz, faner, gugurt yashiklar, tokarlik buyumlari, oddiy va arzon mebellar tayyorlanadi.
Mirza terakning po’stlog’i sarg’ish, silliq, past qismida chatnashi mumkin, tanasi to’g’ri, yaxshi xoda beradi. Yog’ochligi mag’izsiz, oqish tusli, engil va yumshoq, namga chidamsiz, oson qurt tushadi, qurilish va duradgorlik materiali sifatida ishlatiladi.
Chinorning yog’ochligi ham mag’izlik bo’lib, qizg’ish-qo’ng’ir tusda, po’stlog’i esa qizg’ish-sariq tusda, silliq va yupqa bo’ladi. Keksa chinorlarning pastki qismidagi po’stlog’i chatnagan bo’ladi. Yog’ochi pishiq, puxta, qattiq, ishlov berish qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi, randalangan faner, parket va qimmatbaxo mebel tayyorlash mumkin.
Nokning po’stlog’i qoramtir, chatnagan va nisbatan qalin. Yog’ochligi mag’izsiz, qizg’ish-qo’ng’ir yoki pushti ranglarda bo’lib, qattiq va mo’rt, tabiiy guli juda chiroyli, faner va mebel tayyorlashda, pardozlash ishlarida ishlatiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan mahalliy daraxtlardan faqat mirzaterakning o’zi qolgan barchasidan yog’ochlik xajmi bo’yicha ustun turadi. Chunki u 7-8 yilda yetiladi, xar bir tupdan 5-6 marta xosil olish mumkin, bu vaqtda chinor zo’rg’a bir marta yetilsa, igna bargli daraxtlar faqat 80-100 yilda bir marta yog’ochlik bera oladi xolos.
There are no reviews yet.