EKOLOGIYA HUQUQINING ASOSLARI
Tabiat – keng ma’noda – butun borliq, olam va uning xilma-xil shakllari; tor ma’noda – kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo`lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko`rib chiqayotganda ikkinchi tor ma’nodagi tushuncha qo`llaniladi. Chunki inson o`zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balkim uni o`rab turuvchi va uning ta’siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin. Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o`rtasida to`xtovsiz va xilma-xil o`zaro ta’sirlar ro`y berib kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin insonlar tabiatning bir bo`lagi bo`lib, ular tabiatsiz hayot kechira olishmaydi. Insonlar o`z hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik materiallari, nafas olish uchun atmosfera havosi, ichish uchun suv, dam olish uchun go`zal landshaftlar va h.k. Shunday qilib inson hayoti davomida foydalanilgan hamma narsalar tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir. Inson – tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi individ. Inson tarixiy – jamoat jarayoni subyekti bo`lib, u Yer kurrasidagi moddiy va ma’naviy-madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan genetik bog`langan holatda, lekin ulardan ongining yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi, hamda ahloqiy, ma’naviy va ruhiy o`z o`zini anglay olishi bilan ajralib turadi.

Avogadro qonuni. Molyar massa.Dars ishlanmasi
Fizika nimani o’rganadi? Fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar.6-sinf dars ishlanmasi
TASVIRIY SANAT TO'GARAK yuqori sinf
BASKETBOL TO’GARAGI
Okeani suvning xususiyatlari
Стол,стул ишлаб чиқариш бизнес режаси
Atmosferaninig tuzilishi.ppt
Ko‘llar va muzliklar.ppt
TABIAT RESURSLARI
Geografik qobiq va va tabiat komplekslari.ppt
Xalqaro Ekologik Hamkorlik
Qandolat maxsulotlari ishlab chiqarish 




There are no reviews yet.