EKOLOGIYAGA EKOSISTEMAVIY VA POPULATSION YONDASHUV
Ekologiya nima? Bu savolga 30-35 yil oldin javob berish oson bo‘lardi. Chunki ekologiya terminidan faqat biologlargina foydalanar edi va muhit, organizmlarning o‘zaro aloqasini o‘rga-nadigan fan deb qaralar edi.
Keyingi vaqtlarda «ekologiya» termini juda keng miqyosda qo‘llanila boshlandi va inson bilan atrof – muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarini har qanday formasida ishlatilmoqda.
Ekologiya so‘zi o‘zining ilmiy biologik termin ahamiyati, o‘rnini, muhim sotsial, siyosiy termin bilan almashdi. Ekolo-giyaning mohiyatini tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish deb tushunila boshlandi, yoki akademik D.S.Lixachyov tа’biri bilan aytganda – «Ekologik madaniyat », deb ham atash mumkin.
Dastlabki ekologiya terminini Ernest Gekkel (1866) ishlat-gan bo‘lsada, bu termin juda sekin tarqaldi va XIX asrning oxiriga kelib Germaniyadan boshqa davlatlarga tarqala boshladi. Rus tilida ekologiya termini birinchi marotaba I.I.Mechnikov (1868) tomoni-dan ishlatilgan.
XX asrning 20-40 yillariga kelib ekologiya to‘la qonli fanga aylandi. U o‘zining o‘rganish ob‘ekti, tadqiqot usullari metodlariga ega bo‘ldi va tabiat bilan inson, tirik va o‘lik komponentlarning o‘zaro barcha munosabatlarini tadqiq qila boshladi.
Biz bilamizki, ekosisitemalarning aniq belgisi, xususiyatini tа’riflab bo‘lmaydi, lekin u bir joyda yashovchi har xil organizm-larning hamda muhitning tabiiy va kimyoviy komponentlari ishti-rokida o‘zaro aloqasi tufayli yashash uchun sharoit yaratiladigan tizim (sistema) deb tushuniladi.
There are no reviews yet.