Reja
- Ekosistemalar va ularning tuzilmasi
- Ekosistemada modda va energiya oqimi
- Ekosistemadagi o’zgarishlar
Organizmlar jamoasi anorganik muhit bilan chambarchas bog’langan. O’simliklar tanasiga tashqaridan uglerod IV-oksid, suv, kislorod va mineral tuzlar tushib turgandagina yashay oladi. Geterotrof organizmlar o’simliklar hisobiga yashasada, ular ham kislorod va suv kabi anorganik moddalarga muxtojdir.
Har qanday muhitda ham, agar anorganik moddalar zaxirasi tiklanib turmasa, ular tugab qolishi mumkin. Organizmlarning hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan biogen elementlarning atrof muhitga qaytarilishi organizmning hayot faoliyati jarayonida (nafas olish, ekskresiya) hamda ular ulgandan keyin parchalanishi natijasida yuz beradi. Demak, jamoalar noorganik muhit bilan shunday sistema hosil qiladiki, bu sistema ichida organizmlarning hayot faoliyati natijasida yuzaga chiqadigan atomlar oqimi davra hosil qilib aylanib turadi. Modda almashishi mumkin bo’lgan tirik organizmlar bilan o’lik tabiat komponentlarining majmuasi ekosistema deb ataladi. Bu so’zni ingliz ekologi A.Tensli 1935 yilda fanga kiritgan. A. Tensli ekosistemani tabiatning asosiy birligi deb hisoblagan. Ekosistemada modda almashishi sodir bo’lishi uchun noorganik elementlarning uzlashtiriladigan holatdagi zaxirasi hamda organizmlarning 3ta ekologik guruhi: Produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarning bo’lishi shart.
There are no reviews yet.