Elektr toki haqida tushuncha
Reja:
1.Elektr toki haqida tushuncha.
2.Tok kuchi.
3.Zanjirning bir qismi uchun om qonuni.
4.Yopiq zanjir uchun om qonuni.
5.Elektromagnetizm. magnit maydon haqida tushuncha.
6.Parallel toklarning o`zaro tasiri.
- Tok manbalari
1.Elektr toki haqida tushuncha. Kundalik zhaiotdan elektr tokini barcha biladi. Elektr toki tramvay, trolleibus, elektropoezdlarni harakatga keltiradi, uy va kuchalarni yoritadi, telefon, telegraf, radioni ishlatiladi va hokazo.
Elektr tokining hosil bo`lishini osongina tushuntirish mumkin. Masalan, elektrometrga ulangan ikkita sharsimon o`tkazgich miqdor jihatdan teng, qarama–qarshi ishorali zaryadlari bilan zaryadlangan bo`lsin. Agar o`tkazgichlar sim bilan o`zaro ulansa, o`tkazgichlarga ulangan elektrometr ular orasidagi potensiallar farqi nolgacha tushishini ko`rsatadi. Binobarin, ortiqcha elektr zaryadlari (mettallardagi erkin elektronlar) sim bo`ylab manfiy ishorali zaryadlangan o`tkazgichdan musbat zaryadlangan o`tkazgichga qarab harakatlanib, elektr tokini hosil qiladi, natijada qarama–qarshi ishorali zaryadlar o`zaro kompensasiyalanadi.
Elektr toki deb, elektr zaryadlarining tartibli harakatiga yoki zaryadlarning ko`chishi ilan bogliq bo`lgan elektr maydonning tarqalishiga aytiladi

Gidroekologiya ma`ruzalar matni
Pododeyalnik prostina yostiq jildlari ishlab chiqarish
Atom yadrosi tarkibi va asosiy xarakteristikasi. Yadroviy kuchlar. Yadro massasi. Boglanish energiyasi.
8 ga sonni qo’shish va 8 dan sonni ayirish dars ishlanmasi
10 sonni hosil qilish dars ishlanmasi
Автомобилларга техник хизмат кўрсатиш бизнес режа
“Сharxpalak ” metodi 





There are no reviews yet.